Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev joriy yil 23 sentabr kuni Britaniyaning Oksford şahrida bölib ötgan Oksford islom tadqiqotlari markazi (OITM) Xalqaro akademik konsultativ qömitasining 11 majlisida iştirok etdi.

Mazkur tadbirda OITMning ötib borayotgan yildagi faoliyati yakunlari, ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yönalişlari va xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantiriş rejalari muhokama etildi.

Islom tadqiqotlari Oksford markazi direktori Farxan Nizomiy va boşqa iştirokçilar Özbekistonning Al-Buxoriy, At-Termiziy, Beruniy, Ibn Sino va boşqa buyuk islom olami namoyondalarining işlarini kataloglaştiriş hamda naşr etiş, ularning tadqiqotlariga bağişlangan xalqaro anjumanlar va simpoziumlar ötkazişdagi sa'y-harakatlariga kömak berişga tayyorligini bildirdi.

Şu kunning özida Sodiq Safoyev Oksford universiteti rahbariyati, professor-öqituvçilari hamda tadqiqotçilari bilan uçraşuv ötkazdi.

Oksford universitetining Magdalen-kolleji prezidenti D.Kleri  respublikaning katta ilmiy va kadrlar salohiyatini qayd etib, energetika, suv resurslari va soğliqni saqlaş sohasida özbekistonlik olimlar bilan hamkorlik qiliş imkoniyatlari haqida sözladi.

Britaniya oliy öquv yurtlarining olimlari töğridan-töğri aloqalar örnatiş va hamkorlikning aniq yönalişlarini belgilab oliş maqsadida yaqin kelajakda universitet delegatsiyasining Özbekistonga taşrifini taşkil etişni rejalaştirayotgani haqida ma'lum qildi.

Şuningdek, Özbekiston delegatsiyasi a'zolari Bodlian kutubxonasini borib kördi. Bu yerda çiğatoy (eski özbek) tilida yozilgan bebaho qölyozmalar saqlanadi. Delegatsiya a'zolari Alişer Navoiy “Hamsa” dostonining asl nusxasini közdan keçirdi. Kutubxona vakillari bilan Movarounnahr olimlari qölyozmalarini kataloglaştiriş va faksimil nusxalarini yaratiş masalasi muhokama etildi.