Yilning eng yaxşi futbolçisini aniqlaş uçun FIFA tomonidan ötkazilgan sörovnomada Lionel Messi qatorasiga ikkinçi marta Kriştianu Ronalduga ovoz berdi.

Argentina terma jamoasi sardori sifatida sörovnomada qatnaşgan Messi eng yaxşilar uçligida Sadio Mane, Kriştianu Ronaldu va Frenki de Yongni körsatib ötgan.

Öz navbatida, Leoning portugaliyalik hamkasbi Ronaldu ham Frenki de Yongni e'tirof etgan, şuning barobarida Matteys de Ligt va Kilian Mbappe uçun ovoz bergan.

ESPN xabariga köra, Kriştianu hozirga qadar yil laureatlarini aniqlaş böyiça sörovnomalarda biror marta Messiga ovoz bermagan.

Argentinalik hujumçi esa raqobatçisini ikki marta qöllab-quvvatlagan – 2018 yilda 3-örinda körsatib, 2019 yili 2-öringa munosib körgan.

Eslatib ötamiz, 2019 yilgi «The Best» sovrini Lionel Messiga nasib etdi, Ronaldu esa uçinçi örinda qayd etildi.