11:00 / 25.09.2019
0
14490
Reklama

Toshkentda sog‘lom uyqu uchun VOLO mahsulotlari shourumi ochildi

Foto: Volo

4 sentabr kuni Toshkentda qulay uyquni ta'minlovchi Volo mahsulotlarining shourumi ochildi. Endilikda xaridorlar sog‘lom va qulay hordiq uchun zarur bo‘lgan buyumlarni bevosita tekshirib, sinovdan o‘tkazgan holda xarid qilishlari mumkin.

Bu yerda siz o‘z xohish va didingizga mos mahsulotlarni topishingiz mumkin: sizlarga tomosha qilish, matraslar ustida yotib ko‘rish, mahsulotni sinovdan o‘tkazish va aynan nima tanlash kerakligini bilib olish imkoni beriladi.

Shourumda uyqu uchun barcha zarur to‘plamlar: krovat, choyshablar, ko‘rpa-to‘shaklar, yumshoq xalatlar, sochiqlar, to‘shak qoplamalari va hattoki, suv o‘tkazmaydigan, qulay shippaklar mavjud.

Shuningdek, shourumga sakkiz xildagi yangi matraslar ham keltirilgan. Ular  nafas oluvchi, innovatsion Tencel, Bamboo, Graphene va paxta matolaridan  tayyorlangan.

Tencel — daraxt qorishmasi asosida o‘suvchi matodir. U ayniqsa sezgir, nozik teriga ega insonlar uchun sog‘lom dam olish o‘rnini yaratishga yordam beradi.

Bamboo matras namlikni tezda o‘ziga shimib oladi va tezkor qurishni ta'minlaydi. Buning natijasida esa tana nafas oladi, matras esa ko‘p yillar davomida o‘z shinamligini yo‘qotmaydi.

Graphene — yangi innovatsion ishlanma va kelajak materiali. Mazkur yengil va deyarli ortiqcha vaznsiz mato po‘latdan ikki barobar mustahkamdir. Mato tarkibidagi faollashtirilgan uglerod hid va yoqimsiz moddalarni tezda o‘zlashtirib oladi.

Har bir matras Yevropaning Oeko Tex va CertiPur standarti bo‘yicha ishlab chiqarilgan va olti yil kafolat muddatiga ega. Matraslarda tananing holatini to‘g‘rilashga imkon beradigan maxsus texnologiya qo‘llaniladi va bu esa o‘z navbatida sog‘lom va osuda uyquni ta'minlashga ko‘maklashadi. Modellarning asosiy qismi prujinasiz bo‘lib, qolganlari — alohida yetti zonadan iborat prujinali matraslar.

Mahsulotlar o‘ziga xos noodatiy, ekologik toza, chidamli, gipoallergen xususiyatiga ega bo‘lib, yuqori sifat bilan uzoq yillar davomida xonadoningizda beminnat xizmat qiladi. 

Sifatli mahsulot va sog‘lom uyqu tarafdorimisiz? U holda sizlarni yangi shourumda kutib qolamiz. Darvoqe, mehmonxona va mebel ishlab chiqaruvchi korxonalarga maxsus korporativ takliflar mavjud.

Manzil: Mirobod tumani, Fidokor ko‘chasi, 7 uy

Qo‘shimcha ma'lumotlarni quyidagi raqamlar orqali olish mumkin: (+998) 99−997−33−33, (+998) 97−419−11−11

Sayt: volo.uz
Facebook: fb.com/volo.uzb
Instagram: @volo.uzb
Telegram: t.me/volo_uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top