Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeXHT bosh kotibi so‘z erkinligini ta'minlash bo‘yicha O‘zbekistonda ko‘rilayotgan choralarni yuqori baholadi
2019 yilning 24 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Nyu-York shahrida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) bosh kotibi Tomas Greminger bilan uchrashdi.
TIV xabariga ko‘ra, bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida ikki tomonlama aloqalarni yanada chuqurlashtirish va kengaytirishga sodiqlik tasdiqlangan.
YeXHT bosh kotibi so‘z erkinligini ta'minlash bo‘yicha O‘zbekistonda ko‘rilayotgan choralarni yuqori baholadi.
Tomas Greminger dekabr oyidagi bo‘lajak parlament saylovini xalqaro demokratik standartlarga to‘liq mos ravishda shaffoflikni ta'minlagan holda va adolatli o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekiston rahbariyatining sa'y-harakatlarini olqishladi. YeXHT bosh kotibi Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byuro mamlakatga xalqaro kuzatuvchilar sifatida birinchi marta to‘laqonli delegatsiyani jo‘natishga tayyor ekanligini xabar qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va YeXHT o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash bilan bog‘liq boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Bundan oldin, Abdulaziz Komilov Nyu-Yorkda AQSh davlat kotibining yordamchisi bilan uchrashgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
10:24 / 03.06.2026
Saida Mirziyoyeva YXHT bosh kotibi Feridun Sinirlio‘g‘lu bilan uchrashdi
09:00 / 22.05.2026
Abdulaziz Komilov Xorvatiya bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi
19:26 / 21.05.2026
Shavkat Mirziyoyev YeXHT bilan ko‘p qirrali hamkorlik masalalarini muhokama qildi
12:44 / 23.01.2026