Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Banklarni röyxatga oliş va ular faoliyatini litsenziyalaş tartibi töğrisidagi nizomga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi hujjat loyihasi joylaştirildi.

Banklarni röyxatga oliş va ular faoliyatini litsenziyalaş tartibi töğrisidagi nizom 32-band (Qonun hujjatlariga muvofiq aksiyadorlar umumiy yiğilişining vakolatiga kiruvçi masalalar bank kengaşi yoki uning boşqaruviga topşirilmaydi) quyidagi tahrirda bayon etildi:

“32. Aksiyadorlar umumiy yiğilişining vakolatiga kiruvçi masalalar bank kengaşi yoki uning boşqaruviga topşirilmaydi, bundan qonun hujjatlarida belgilangan hollar mustasno.”.

52-band (Faqat moliyaviy ahvoli mustahkam va obröga ega bölgan norezident banklarga Özbekiston Respublikasi hududida öz şö'ba banklarini oçişga yöl qöyiladi. Bunda, qisqa muddatli majburiyatlari Fitch Ratings, Moody’s yoki Standart and Poor’s tasniflari böyiça A1 (yoki A+)dan past bölmagan reytingga ega bölgan norezident banklar ustunlikka egadirlar) quyidagi mazmundagi uçinçi xatboşi bilan töldirildi:

“Markaziy bank bilan norezident bank joylaşgan mamlakatdagi bank nazorati organi örtasida imzolangan xalqaro şartnomada (memorandumda) norezident bankning reytingi va ustav kapitaliga yuqoridagidan farqli talab örnatilişi mumkin.”.

53-band (Norezident jismoniy va yuridik şaxslar tomonidan, şuningdek, ellik foizdan ortiq aksiyalari (iştirokçilar badallari) norezident jismoniy va/yoki yuridik şaxslarning egaligida, foydalanuvida yoki tasarrufida bölgan rezident yuridik şaxslar tomonidan Özbekiston Respublikasida taşkil etilgan banklarning aksiyalarini sotib oliş, ularga egalik huquqini beriş va şu kabi boşqa munosabatlar böyiça kelişuvlar faqat Markaziy bankning oldindan ruxsati olinganidan söng amalga oşiriladi) quyidagi tahrirda bayon etildi:

“53. Norezident jismoniy va yuridik şaxslar tomonidan, şuningdek ellik foizdan ortiq aksiyalari (iştirokçilar badallari) norezident jismoniy va/yoki yuridik şaxslarning egaligida, foydalanuvida yoki tasarrufida bölgan rezident yuridik şaxslar tomonidan Özbekiston Respublikasida taşkil etilgan bankning aksiyalari umumiy miqdorining beş foizi yoki undan ortiğini sotib oliş, ularga egalik huquqini beriş va şu kabi boşqa munosabatlar böyiça kelişuvlar faqat Markaziy bankning oldindan ruxsati olinganidan söng amalga oşiriladi.

Uşbu bandning birinçi xatboşisida körsatilgan şaxslar Özbekiston Respublikasida taşkil etilgan bankning aksiyalari umumiy miqdorining beş foizidan kamini sotib oliş, ularga egalik huquqini beriş va şu kabi boşqa munosabatlar böyiça kelişuvlarni amalga oşirganidan söng bir kun içida uşbu kelişuvning amalga oşirilganligi töğrisida Markaziy bankka Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 martdagi 56-son qarori bilan tasdiqlangan Bank faoliyati sohasida ruxsat beriş tartib-taomillaridan ötiş tartibi töğrisidagi nizomga muvofiq şaklda yozma ravişda xabarnoma yuboradi.”.