2019 yilning 25 sentabr kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Nyu-York şahrida AQŞning Afğonistondagi yaraşiş masalalari böyiça maxsus vakili Zalmay Xalilzod bilan uçraşdi.
Tomonlar Afğonistondagi vaziyat va tinçlik jarayonini rivojlantiriş yöllari yuzasidan fikr almaşdilar, deyiladi TIV xabarida.
Şuningdek, Afğonistonda Özbekiston taşabbusi bilan amalga oşirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va infratuzilma loyihalarini amalga oşiriş jarayoni muhokama qilingan.
Uçraşuvda milliy yaraşişga tezroq erişiş va Afğonistondagi mojaroni siyosiy yöl bilan hal qilişdan tomonlar manfaatdor ekanligi yana bir bor tasdiqlandi.













