6-oktabr kuni kunduzgi soatlarda Toşkent şahrining katta qismida havo sifati xalqaro havo sifati indeksi (AQI) böyiça «örtaça» darajada böldi. Soat 20:00 dan keyin esa havo sifati yomonlaşib, keçasi va ertalab «sezgir guruhlar uçun noqulay» daraja kengroq hududlarni qamrab oldi. Ayrim hududlarda qisqa muddatli «nosoğlom» daraja ham kuzatildi. Bu haqda Ekologiya qömitasi xabar berdi.

Qayd qilinişiça, 6-oktabr soat 17:00 dan 7-oktabr soat 10:00 gaça bölgan kuzatuvlarga köra, Toşkentda PM2,5-mayda zarraçalarining örtaça miqdori 43,5 mkg/m³, PM10 zarraçalarining örtaça miqdori 97,2 mkg/m³ ni taşkil etgan.

Uşbu davrda AQI böyiça şaharning örtaça körsatkiçi 117 bölib, «sezgir guruhlar uçun noqulay» darajaga mos kelgan.

Milliy indeksatsiya böyiça esa PM2,5 «yaşil», PM10 «sariq» darajada qayd etilgan. 7-oktabr soat 10:00 da PM10 böyiça şaharning örtaça körsatkiçi «zarğaldoq» darajaga kötarilgan.

Havo sifatining yomonlaşişiga ifloslantiruvçi moddalar tarqalib ketişini çeklagan noqulay meteorologik şaroitlar taʼsir qilgan. Xususan, şamol tezligi 1 m/s atrofida bölgani va tunda kuçli harorat inversiyasi kuzatilgani havoning almaşinuvi hamda vertikal aralaşişini susaytirgan.

Kuzatuvlarga köra, 6-oktabr soat 23:00 dan 7-oktabr soat 8:00 gaça harorat inversiyasi qayd etilgan. Inversiya qatlamidagi harorat farqi 1,8–6,7 °C ni taşkil etgan.

Bunday şaroitda yerga yaqin sovuq havo ustida nisbatan iliq havo qatlami hosil bölib, ifloslantiruvçi moddalarning yuqoriga tarqalişi çeklanadi.

Mutaxassislar bunday holatlar hafta oxirigaça asosan tungi va ertalabki vaqtlarda qisqa muddatli kuzatilişi mumkinligini bildirmoqda.

Hozir atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Maʼlumot uçun: Özbekistonda PM2,5 va PM10 zarraçalari böyiça havo sifatini baholaşning milliy indeksatsiya tizimi işlab çiqilgan. U Soğliqni saqlaş vazirligi hamda Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasining qöşma qarori asosida joriy etilgan.