Möynoq tumanida quyoş elektrostansiyasi quriladi. Bu haqda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida e'lon qilingan “Möynoq tumani sanoatini yanada rivojlantiriş çora tadbirlari töğrisida”gi hujjat loyihasida aytilgan.

Hujjatga köra, Möynoq tumanida rivojlanib borayotgan baliqçilik, çorvaçilik, oziq-ovqat va sanoatning boşqa sohalarini yanada rivojlantirişga, uşbu yönalişlarda yangi loyihalarni amalga oşirilişiga alohida e'tibor qaratiladi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Möynoq tumanida:

2019-2021 yillarda sanoat sohasida loyihalarni amalga oşiriş böyiça manzilli çora-tadbirlar;

2019-2021 yillarda amalga oşiriladigan istiqbolli sanoat loyihalari röyxati tasdiqlanadi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Möynoq tumanida 2019-2022 yillarda amalga oşiriladigan istiqbolli sanoat loyihalari röyxatida quyoş elektrostansiyasini qurişni taşkil etiş ham bor. 

Qayd etilişiça, yiliga örtaça 300 kun quyoşli bölişini inobatga olib, zamonaviy quyoş fotoelektr stansiyasini quriş imkoniyati mavjud. 

Loyiha qiymati (mln.doll.) - 5,0. Amalga oşiriş muddati - 2021 yil, yaratiladigan iş örni - 40.

Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi:

dasturga kiritilgan investitsiya loyihalarini tasdiqlangan tarmoq jadvallariga muvofiq belgilangan muddatlarda amalga oşirilişi yuzasidan tizimli monitoring örnatsin hamda vazirlik, idora va xöjalik birlaşmalari, tijorat banklari, mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlaştiradi;

dastur doirasida investitsiya loyihalarini amalga oşirişda yuzaga kelayotgan kamçiliklar va muammolarni öz vaqtida aniqlab, ularni hal etiş yuzasidan tezkor çoralar köradi;

istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş uçun xorijiy investorlarni jalb qiliş yuzasidan zaruriy çoralar köradi;

loyiha taşabbuskorlarining asoslangan takliflari asosida zarur hollarda Dasturga tegişli özgartirişlar va qöşimçalar kiritiş vakolati beriladi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, Özbekiston Savdo-sanoat palatasi, tijorat banklari bilan birgalikda loyihalarni öz muddatlarida amalga oşirilişini taşkil etiş maqsadida taşabbuskorlarga biznes reja tayyorlaşda, kredit mablağlarini ajratilişida hamda zarur hujjatlarni tayyorlaşda amaliy yordam körsatadi.