Boş vazir topşiriği bilan 2020 yil 1 fevralga qadar örmonlardan taşqaridagi daraxtlarni kesişga moratoriy joriy etiş töğrisidagi qaror loyihasi işlab çiqildi. 

Ekologuz’ning yozişiça, Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov topşiriği bilan davlat örmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni saqlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisidagi hukumat qarori loyihasi işlab çiqilib, jamoatçilik muhokamasi uçun e'lon qilindi.

Qaror bilan davlat örmon fondiga kiritilmagan daraxt va butalarning kesilişini eng kam darajaga tuşiriş, aholi punktlarida yaşilliklarni saqlaşga erişiş rejalaştirilmoqda. 

Hujjatda daraxt va butalar ösayotgan yer uçastkalarini taqdim etişga çeklov joriy etiş, davlat örmon fondiga kirmagan daraxt va butalarni kesiş, kesilgan yaşilliklar örnini qoplaş tartiblari, daraxtlarni kesiş böyiça istisno holatlarni belgilaş, şuningdek, noqonuniy kesişlar uçun javobgarlikni kuçaytiriş közda tutilgan.

Loyihada 2020 yil 1 fevraliga qadar davlat örmon fondiga kiritilmagan daraxtlarni kesişga moratoriy joriy etiş rejalaştirilmoqda. 

Aholi punktlarida daraxt va butalar ösayotgan yer maydonlarini tijorat maqsadlari uçun taqdim etiş yoki uşbu maydondan tijorat maqsadlarida foydalaniş yaşilliklarga zarar yetkazsa, u yerda tijoriy faoliyat yuritiş taqiqlanadi.

Yer maydonlarini boşqa maqsadlar (turar joy, ijtimoiy obektlar, muhandislik va transport infratuzilmalari va boşqalar) uçun taqdim etişda yer uçastkasidagi daraxtlarning soni, aniq koordinatalari, turi, diametri, şoxlarining balandligi, şuningdek ularni muhofaza qiliş şartlari körsatilişi kerak.