Qarşining «Nasaf» klubi himoyaçisi Umar Eşmurodov Özbekiston milliy jamoasining oktabr oyidagi yiğiniga çaqirilgan. Bu haqda Tribuna.uz manba'si ma'lum qildi.

26 yoşli Eşmurodov faoliyatida ilk marta Özbekiston milliy jamoasiga çaqirildi. Markaziy himoyaçi ötgan mavsumdan buyon «Nasaf» sardori sifatida öynab keladi.

Eşmurodov 2017 yilda «Şörtan»dan Qarşining «Nasaf» klubiga ötgandi. Transfermarket uning transfer narxini 400 ming yevroga baholagan. Eşmurodov mavsum oraliğida köp klublardan taklif bölganiga qaramay, «Nasaf»da qolgandi.

Özbekiston milliy jamoasi JÇ-2022 saralaşi doirasida 10 oktabr kuni Toşkenda Yaman bilan, 15 oktabr kuni mehmonda Singapur bilan öynaydi.