Business Insider naşri narx va funksionallik boğlanişi hisobga olingan holda eng yaxşi smartfonlar reytingini e'lon qildi.
1-örinni Xitoyning OnePlus 7T smartfoni egallagan. Naşrning ta'kidlaşiça, qurilma 2019 yilda unumdorlik böyiça Android-qurilmalar orasida eng yaxşisi hisoblanadi hamda çiroyli dizayn, a'lo sifatdagi kamera va yaxşi avtonomlik bilan ajralib turadi.

2-örinni Apple’ning iPhone 11 smartfoni egalladi. Uşbu smartfon a'lo darajadagi 6,1-dyuymli ekran, kuçli protsessor hamda unumdor kameraga ega.

3-örinni OnePlus’ning 7 Pro modeli egalladi. Uşbu gadjet unumdor protsessor, yaxşi sifatdagi kamera hamda barmoq izlari va yuzni tanişning öta tezkor datçiklariga ega.

Reytingning 4-örnidan Google’ning Pixel 3a va Pixel 3a XL smartfonlari joy oldi. Uşbu gadjetlar yaxşi unumdorlik hamda avtonomlikka ega va OLED-displey bilan jihozlangan.


















