Germaniya politsiyasi fransiyalik «örgimçak odam» Alen Roberni Mayndagi Frankfurt şahrida osmonöpar binoga çiqqani uçun hibsga oldi. Bu haqda Spiegel naşri xabar berdi.
Naşrning yozişiça, 57 yoşli alpinist şahardagi Skyper binosini zabt etgan. Politsiya Rober balandligi 153 metr bölgan binoning eng yuqorisiga 20 daqiqa içida çiqib-tuşganidan söng hibsga olgan. Unga nisbatan jamoat tartibini buziş va binoga noqonuniy tarzda kiriş ayblovlari qöyilişi mumkin.
Osmonöpar inşootlarga heç qanday ehtiyot çoralarisiz kötariluvçi Rober şu yilning yanvarida Filippindagi GT International Tower binosiga çiqqani uçun politsiyasi tomonidan hibsga olingandi.
Rober 1994 yildan buyon dunyodagi maşhur baland binolarga çiqiş bilan şuğullanadi. U ötgan davr içida 130dan ortiq inşootlarga çiqqan bölib, ular orasida dunyoda eng baland Burj Xalifa ham bor.












