Fransiyalik taniqli alpinist, osmonöpar inşootlarni zabt etiş iştiyoqi uçun “fransiyalik örgimçak odam” deb nom olgan Alen Rober Parijdagi 4-raqamli eng baland bino – Engie’ga ehtiyot moslamasisiz yana kötarildi.

AFP naşrining yozişiça, 56 yoşli Roberning bu aksiyasi mamlakat uçun ança muhim muammo – Parij Avliyo ona ibodatxonasini tiklaşga e'tiborni qaratişga çorlangan.

“Bu fransuz merosi barbod bölib bormoqda”, deb aytgan Rober 185 metrlik binoga kötarilgaç. Unga buning uçun 45 daqiqa kifoya qilgan.

“Örgimçak odam”ning aytişiça, Notr-Dam de Parini tiklaşga 150 mln yevro mablağ zarur. Aynan şunça mablağni Fransiya va xorijda xomiylar qidirayotgan faollar hisoblab çiqişgan.

“Alen Rober biz bilan boğlanmadi, biz undan biror narsa söramadik, ammo bu aksiya bizga yordam berişi mumkin”, deb aytilgan Notr-Dam de Pari döstlari jamiyatida.

Rober Engie binosiga 2018 yil ham kötarilgan. Umuman olganda, fransuz tomonidan zabt etilgan binolar orasida Kuala-Lumpurdagi Petronas minoralari, turli davlatlardagi banklar ofislari, Moskvadagi MGU boş binosi va hattoki dunyodagi eng baland bino – Dubaydagi “Burj-Halifa” bor.