Irlandiyalik Engus Meldon yengil atletika böyiça universitetlar örtasida ötkazilgan çempionatning 800 metrga yuguriş bahsida mağlubiyatga uçradi. Bunga yuguriş bahsi bilan bir vaqtda ötayotgan langarçöpda sakraş bellaşuvi sabab böldi. Bu haqda Mashable yozmoqda. 

Sportçi bahs davomida yetakçilikni saqlab kelayotgan edi. Ammo finişga oz qolganda uning oyoqlariga langarçöp tasmasining bölagi kelib tuşadi va u yuguriş sur'atini pasaytiradi. Şu bois u finişga ikkinçi bölib yetib keladi.

«Unga örgimçak odam hujum qildi!», — dedi vaziyatga baho berarkan şarhlovçi.