Ayni kunlarda Kitob tumanining Varganza qişloğida birinçi xalqaro anor agrofestivali bölib ötmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi.
Tadbir «Qaşqadaryo viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalaniş çora-tadbirlari töğrisida»gi hukumat qarori ijrosini ta'minlaş, bu orqali boy madaniy meros va tarixiy an'analarni saqlaş, boğdorçilik faoliyati bilan şuğullanuvçi namunaviy mahalliy aholi vakillarini qöllab-quvvatlaş, hududda agroturizmni rivojlantiriş maqsadida taşkil ötkazilyapti.
Festival avvalida Qarşi şahridan 120 kilometr uzoqlikda joylaşgan Varganza qişloğiga Özbekistondagi ilk agroturizm qişloği maqomi berildi va «Varganza» MFY raisiga agroturizm qişloğining ramziy kaliti topşirildi.


Varganza qişloği aholisi azaldan anorçilik hadisini olgan. Fermer xöjaliklari yer maydonlari va aholi tomorqalarida anorning qoraşirin, bedona, aççiqdona, ulfi, qay, tuyatiş singari navlari yetiştiriladi.
Qaşqadaryo viloyati Turizm boşqarmasi ma'lumotiga köra, varganzalik işbilarmonlar har yili ming gektardan ziyod maydondan 5 ming, 6 ming tonna hosil terib, qöşni mamlakatlarga eksport qilişadi.

«Qişloq ahlining tirikçilik manbayi – asosan anorçilik. Ayol-u erkak, yoş-u qari tört fasl anor parvarişi bilan şuğullanadi. Şu bois bu yerda noçor yaşayotgan oilalar, çet el mamlakatlarida iş qidirib, sarson yurgan muhojir fuqarolar umuman yöq», – deydi «Varganza» MFY raisi Ziyodulla Mirzayev.
Festival davomida Varganzaga Özbekistondagi ilk agroturizm qişloği maqomi berilgani .
28 sentabr kuni boşlangan xalqaro agrofestival uç kun davom etadi.


























