Baholovçilarga toifalar beriş böyiça davlat xizmatlarini körsatişning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi, deb yozmoqda Norma.
Hammasi bölib toifalar uçta: ikkinçi, birinçi va oliy. Mazkur holatda toifalar nafaqat mutaxassisning bilim va könikmalarini aks ettiradi, balki uning vakolatlari hajmiga ham ta'sir körsatadi. 2020 yil 1 yanvardan boşlab faqat birinçi yoki oliy toifali baholovçilar baholaş töğrisidagi hisobotlarni ekspertizadan ötkazişi mumkin.
Davlat aktivlarini boşqariş agentligi baholovçilarga toifalarni beradi. Talabgor u yerga quyidagilarni ilova qilgan holda ariza beradi:
• baholaş taşkiloti tomonidan tasdiqlangan mehnat daftarçasidan köçirma yoki “Elektron mehnat daftarçasi” tizimidan köçirma;
• talabgor işlaydigan baholaş taşkiloti tomonidan tasdiqlangan baholaş töğrisidagi hisobotlar va baholaş töğrisidagi hisobotlar böyiça ekspert xulosalari reyestrlari;
• baholovçi malaka sertifikatining nusxasi;
• hujjatlarni körib çiqiş uçun BHMning 1 baravari miqdorida tölov tölanganligini tasdiqlovçi hujjat.
Talabgor öz xohişiga köra özining professional faoliyati haqida qöşimça ma'lumotlarni öz içiga olgan hujjatlarni taqdim etişi mumkin. Masalan, OAVdagi maqolalar, xorijiy malaka oşiriş kurslaridan ötganligi haqida sertifikatlar, RICS, TEGoVA, Appraisal Institute, ISO 17024, NAMA, CCIM Institute va boşqa xalqaro sertifikatlar nusxalari.
Hujjatlarni ularning olinganligi töğrisidagi bildirişnoma bilan birga oddiy poçta yoki elektron poçta orqali yuboriş mumkin. Ikkinçi holatda ularni ERI bilan tasdiqlaş lozim. Agentlik 3 kun mobaynida hujjatlarni körib çiqiş yoki topşirilgan hujjatlar töplami töliq bölmagan taqdirda uni rad etiş töğrisida qaror qabul qiladi. Agar arizada jönatuvçining elektron poçtasi körsatilgan bölsa, qabul qilingan qaror töğrisidagi bildirişnoma axborot tizimi orqali unga yuboriladi.
Davlat aktivlarini boşqariş agentligi 7 nafar a'zodan iborat komissiyani şakllantiradi: 3 nafar agentlikning vakili va Baholovçi taşkilotlar assotsiatsiyasi va Özbekiston baholovçilar jamiyatidan 2 tadan vakil. Komissiyaning yiğilişlari arizalar tuşişiga qarab, ammo bir oyda kamida 1 marotaba ötkaziladi. Yiğilişlarda hujjatlar örganiladi va har bir komissiya a'zosi baholaş varaqasini töldiradi.












