Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş davlat jamğarmasi hisobidan loyihalari böyiça moliyaviy yordam körsatiladigan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami toifalarining röyxatini tasdiqlaş töğrisida”gi hujjat loyihasi e'lon qilindi.

Tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş davlat jamğarmasi hisobidan loyihalari böyiça moliyaviy yordam körsatiladigan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami toifalarining röyxati tasdiqlanadi.

Röyxat quyidagiça:

Mehnat organlarida işsiz deb e'tirof etilgan şaxslar - mehnat organi tomonidan işsizlik maqomi berilganligi töğrisidagi ma'lumotnoma;

Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Işsizlarni kasb-hunarga öqitiş markazlarini bitirgan işsiz fuqarolar - kasb hunarga öqitiş markazini bitirganligi töğrisidagi sertifikat (diplom);

Nogironlar va pensiya yoşiga yaqinlaşib qolgan şaxslar - Tibbiy mehnat ekspert komissiyasi (TMEK) tomonidan nogironlik töğrisida berilgan ma'lumotnoma va fuqarolik pasporti;

Ön tört yoşgaça va nogiron bolalari bölgan yolğiz va köp bolali ota-onalar - bolalarning tuğilganlik töğrisidagi guvohnomalari, Bolalikdan nogiron bolani tan oliş töğrisidagi tibbiy maslahat komissiyasi (TMK) yoki nogironligi töğrisida (TMEK) tomonidan berilgan ma'lumotnoma;

Örta maxsus ta'lim muassasalarini tamomlagan yoşlar, şuningdek doimiy işga joylaşmagan kasb-hunar ta'limi muassasalarining va oliy ta'lim muassasalarining davlat grantlari böyiça ta'lim olgan bitiruvçilari (bitirgandan söng 3 yil içida) - ta'lim muassasasining diplomi;

Kam ta'minlangan oilaning mehnatga layoqatli oila a'zolari - fuqarolarning özini-özi boşqariş organlari tomonidan berilgan ma'lumotnoma;

Odam savdosidan jabrlangan fuqarolar - odam savdosi jabrdiydalariga yordam beriş va ularni himoya qiliş böyiça Respublika reabilitatsiya markazi ma'lumotnomasi;

Jazoni ijro etiş muassasalaridan ozod qilingan yoki sudning qaroriga köra tibbiy tusdagi majburlov çoralari qöllanilişidan ozod qilingan şaxslar - probatsiya xizmati bölimlarining ma'lumotnomasi;

Mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar - mehnat organi tomonidan berilgan ma'lumotnoma;