Rossiya Federatsiyasi kengaşi Federal Majlisi Federatsiya kengaşi raisi Valentina Matviyenko rasmiy taşrif bilan Özbekistonga keldi.
Kun.uz muxbiri xabar berişiça, martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi «Toşkent» xalqaro aeroportida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva, Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Ilhomjon Ne'matov, Rossiya Federatsiyasining Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Vladimir Tyurdenev hamda boşqa rasmiylar kutib olişdi.

Hurmat belgisi sifatida Valentina Matviyenkoga guldasta taqdim etildi.
Matviyenkoning Özbekistonga taşrifi 3 oktabr kunigaça davom etadi. Taşrif davomida u Senat raisi Tanzila Norboyeva va Qonunçilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov bilan uçraşuvlar ötkazadi, şuningdek Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengaşi Hamkorligi böyiça parlamentlararo komissiyasining majlisi ötkazilişi rejalaştirilgan.
Taşrif doirasida Özbekiston-Rossiya va Rossiya-Özbekiston işbilarmon doiralari kengaşlarining majlisi, şuningdek Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunçilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti hamda Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengaşi Devoni Tahliliy huquqiy boşqarmasi örtasida hamkorlik töğrisida memorandum imzolanişi nazarda tutilgan.












