Ispaniya naşrlarida «Barselona» klubi futbolçilari, jurnalistlar va klub bosslari aloqador bölgan mojaroli ziddiyat haqida yozilmoqda.
«Barsa»ga Ispaniyada oddiy klub sifatida emas, katalonlarning mustaqillik uçun kuraşi ramzi sifatida qaraşadi. Köpçilik bunday klublarning futbolçilari oddiy futbolçilardan yuqoriroq bölişi kerak deb hisoblaydi. Mundo Deportivo naşrining ispan jurnalistlari katalonlar grandi futbolçilari «futbolçi darajasi»dan ötib, klub işlariga faol ravişda aralaşa boşlagani haqida yozişmoqda. «Barselona»da jiddiy mojaro yetildi, klubda sönggi yillarda bunaqasi kuzatilmagandi.
Pike OAVdan norozi
Şu kunlarda Mundo Deportivo naşrida «Barselona» futbolçilari klub işlariga me'yoridan ortiq darajada aralaşişi haqidagi maqola e'lon qilindi. Unda aytilişiça, klubning bir guruh futbolçilari klubning transfer siyosatiga va boşqaruviga ta'sir körsatişga harakat qilişadi. Xususan, gap Messi Neymarning qaytişini istaşi, Matteys de Ligt Pike bilan suhbatdan keyin (bu suhbat döstona keçmagan, Pike klubga öziga raqobatçi futbolçi kelişini istamagan) «Yuventus»ni tanlagani haqida ketadi. Jyerarga bu maqola şu qadar yoqmaganki, u «Xetafe»ga qarşi keçgan ğalabali öyindan keyin mikst-hududda bergan intervyusida öz noroziligini bildirdi.
Mundo Deportivo naşri jurnalistlari «Barselona» klubi rahbariyati bilan töğridan-töğri aloqador ekani, ularga ma'lumotlar sizdirib turilişi haqidagi gaplar esa «olovga moy sepadi». Buni bilgan Pike «Barselona» rahbariyatini futbolçilarni ranjituvçi maqolalarni buyurtma qilişda ayblamoqda. Jamoaga bu holat yoqmadi va yetakçi futbolçilar «Vilyarreal»ga qarşi öyindan keyin keçki ovqatga yiğilişdi. Albatta, bu yiğilişni Pike uyuştirdi.
Rahbariyat Pikedan norozi
Darhol reaksiya bildirildi: Xosep Bartomeu Jyerar bilan şaxsan uçraşib, u bildirgan ayblovlar böyçiça gaplaşib olişga hozirlandi. Klub prezidenti içkaridagi gap taşqariga çiqişini istamasdi, ammo Pike öz bayonotlari bilan jarayonni allaqaçon boşlab yubordi. Uning hisoblaşiça, rahbariyatda futbolçilar bilan töğridan-töğri gaplaşib oliş uçun jasurlik yetişmayapti va klub futbolçilarga matbuot orqali ta'sir qilişga urinyapti. Agar u haq bölsa, klubdagi vaziyat yanada çigallaşadi. Futbolçilar klub boşqaruviga aralaşmoqda - prezident foş etuvçi maqolalarni buyurtma qilmoqda - futbolçilar klub rahbariyati boşqaruvidan norozi. Xuddiki, soğlom aql-idrokka joy bölmagan absurd teatri.












