Özbekiston Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga qöşilişi kutilmoqda. Bu haqda ayni paytda Toşkentda bölib turgan Rossiya federatsiyasi Federatsiyalar kengaşi raisi Valentina Matviyenko ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

«Özbekiston prezidenti bir qarorga kelgan va Özbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy kengaşiga qöşilişi masalasi körib çiqilmoqda», – dedi Matviyenko Oliy Majlis Qonunçilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov bilan uçraşuv çoğida.

Matviyenkoning qöşimça qilişiça, Özbekistonning YeOII a'zosiga aylanişi Rossiya bilan aloqalar rivojiga yangi turtki beradi va bu orqali hozirda mavjud ba'zi tösiqlarning bartaraf etilişiga erişiladi

Ma'lumot uçun, Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqi 2015 yilda Rossiya, Qozoğiston, Qirğiziston, Armaniston va Belarus a'zoligida taşkil etilgan. Taşkilotga a'zo davlatlar iqtisodiy masalalarda özaro kelişgan holda qarorlar qabul qiliş, özaro tovar va xizmatlarni ayirboşlaş, mehnat kuçi va kapital almaşinuvi böyiça çeklovlarni minimallaştirişga kelişib olişgan.