24 avgust kuni Toşkent şahri Şayxontohur tumanida joylaşgan Mont Blanc xususiy plastik jarrohlik klinikasida operatsiya qilingan 20 yoşli ayol Ş.G vafot etdi. Samarqanddan Toşkentga operatsiya uçun kelgan bu ayol Mont Blanc şifokorlari xatosi bilan beş kun içida nobud bölgan ikkinçi mijoz edi.
Undan avvalroq qozoğistonlik L.A ham uşbu klinikaga burun tösiğidagi qiyşayiş şikoyati bilan murojaat qilgan va u jarrohlik amaliyoti ötkazilib, burun tösiği qiyşayişi töğrilangandi. Ammo u jarrohlik amaliyotidan köp vaqt ötmay vafot etgan.

Boş prokuratura matbuot xizmati Kun.uz’ga uşbu ölimlar yuzasidan ma'lumot taqdim etdi.
«1976 yilda tuğilgan bemor L.A. Toşkent şahar, Şayxontohur tumanida joylaşgan Mont Blanc xususiy klinikasiga burun tösiğidagi qiyşayiş şikoyati bilan murojaat qilgan.
Uning roziligi bilan klinikada taşqi burun deformatsiyasi va burun tösiği qiyşayişini töğrilaş böyiça şifokorlar tomonidan jarrohlik amaliyoti ötkazilib, burun tösiği qiyşayişi töğirlangan.
Jarrohlik amaliyotidan söng bemor mustaqil nafas olişga ötkazilgan va unga antibakterial davo maqsadida tibbiy muolajalar körsatilgan.
Şundan söng bemorning ahvoli keskin oğirlaşgan va çuqurlaştirilgan tekşirişlar ötkaziş maqsadida RŞTYoIMga olib borilgan.
Markaz şifokorlari tomonidan körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan bemor şifoxonaning jonlantiriş bölimida vafot etgan.
Sud tibbiyot ekspertizasi xulosasiga köra, L.A.ning ölimi «boş miya qon aylanişining ötkir buzilişi natijasida yuzaga kelgan çap boş miya yarim şarlari asosi gemorrogik insulti»dan yuz berganligi qayd qilingan.
Bundan taşqari, bemor Ş.G.ga (1999 yilda tuğilgan) Mont Blanc xususiy şifoxonasida jarrohlik amaliyoti ötkaziş vaqtida unga yuborilgan narkoz notöğri ta'sir qilişi natijasida ahvoli oğirlaşgan va uni zudlik bilan Olmazor tumanida joylaşgan Akfa Medline xususiy şifoxonasiga olib kelinib, kerakli tibbiy muolajalar amalga oşirilganligiga qaramasdan, bemor Ş.G. uşbu şifoxonaning jonlantiriş bölimida vafot etgan.
Hozirda ikkala holat yuzasidan Şayxontohur tumani prokuraturasi tomonidan tergovoldi tekşiriş harakatlari olib borilmoqda», deyiladi Boş prokuratura matbuot xizmati xabarida.














