Avgust oyida Toşkentdagi «Mont Blanc» plastik jarrohlik klinikasining ikki mijozi 10 kun içida ketma-ket vafot etgandi. Ikki ayol ham mazkur şifoxonaga bir xil muammo – burun tösiği qiyşayişini töğrilaş uçun murojaat qilgandi.

Ayni vaqtda prokuratura hodisani örganyapti. Kun.uz esa voqea atrofidagi kişilar bilan suhbatlaşib, ulardan izoh oldi.

Oldinga ötib aytiş örinliki, mazkur holat – axborotni bir neçta manba orqali tekşiriş imkoni bölgani holda uni e'lon qilişda yagona şaxsga tayanib qoliş – OAVni tuhmat uçun minbarga aylantirib qöyişini körsatuvçi misollardan biri bölib çiqişi mumkin.

Qisqaça bayon

Şayxontohur tumanidagi «Mont Blanc» xususiy klinikasiga avgust oyi örtalarida burun operatsiyasi uçun murojaat qilgan çimkentlik 43 yoşli Liliya Apostolova va samarqandlik 20 yoşli Gulşan Şarifova tibbiy amaliyotlardan keyin vafot etgan.

Dastlab Apostolova taşqi burun deformatsiyasi va burun tösiği qiyşayişini töğrilaş uçun operatsiya qilingan. Bemor mustaqil nafas olişga ötkazilgaç, unga antibakterial davo maqsadida tibbiy muolajalar körsatilgan. Şundan söng ayolning ahvoli keskin oğirlaşgaç, 16-şifoxona (RŞTYoIM)ga olib borilgan. Markaz şifokorlari tomonidan körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, bemor bir neça kundan söng şifoxonaning jonlantiriş bölimida jon bergan.

Liliya Apostolovani operatsiya qilgan LOR jarrohning Kun.uz’ga aytişiça, uning ölimidan söng «Mont Blanc» klinikasi yangi mijozlar qabulini töxtatgan, lekin avval konsultatsiyadan ötgan va operatsiya kuni belgilangan bemorlarga xizmat körsatişda davom etgan. Ya'ni Gulşan Şarifova bundan bir neça kun oldin konsultatsiyaga kelgan bölgan.

24 avgust kuni jarrohlik stoliga yotgan Şarifovaning ahvoli narkoz ta'sirida oğirlaşgan va u zudlik bilan Olmazor tumanidagi «Akfa Medline» xususiy şifoxonasiga olib kelingan. Kerakli tibbiy muolajalar qilinganiga qaramay, ikki kundan keyin bemor uşbu şifoxonaning jonlantiriş bölimida vafot etgan.

OAVga yoyilgan şaxsiy adovat

Voqea haqida 30 sentabr kuni «Ozodlik» radiosi Gulşan Şarifovaning otasi Umid Abduşukurov, ikkala operatsiyaga ham mas'ul bölgan jarroh Faxriddin Obloqulov va özini klinikaning sobiq boş şifokori deb taniştirgan Gulbahor Nuriddinovaga tayanib xabar berdi.