Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi «Mont Blanc» xususiy şifoxonasida ötkazilgan jarrohlik amaliyotidan söng bemorlar ölimi yuz berganligi holati yuzasidan bayonot berdi.
Qayd etilişiça, 2019 yil 1 avgust kuni Toşkent şahar, Şayxontohur tumanida joylaşgan «Mont Blanc» xususiy şifoxonasida fuqaro U.B.ga burun qiyşiqlarini töğrilaş yuzasidan jarrohlik amaliyoti ötkazilganidan söng, bemorning soğliği yomonlaşganligi sababli, 2019 yil 20 avgustda Rossiya Federatsiyasining Moskva şahrida joylaşgan şifoxonaga yotqizilgan.
Biroq, unga körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan U.B. vafot etgan.
2019 yil 15 avgust kuni Qozoğiston Respublikasi fuqarosi L.A.ga «Mont Blanc» xususiy klinikasida taşqi burun deformatsiyasi va burun tösiği qiyşayişini töğrilaş böyiça jarrohlik amaliyoti ötkazilgan hamda burun tösiği qiyşayişi töğrilangan.
Jarrohlik amaliyotidan söng, bemor mustaqil nafas olişga ötkazilgan va unga antibakterial davo maqsadida «tseftrakson» dori vositasi içki qon tomiri orqali 1,0 ml. miqdorida yuborilgan.
Şundan söng, bemorning ahvoli keskin oğirlaşgan va çuqurlaştirilgan tekşirişlar ötkaziş maqsadida RŞTYoIMga olib borilgan.
2019 yil 19 avgust kuni markaz şifokorlari tomonidan körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, L.A. şifoxonaning jonlantiriş bölimida vafot etgan.
2019 yil 24 avgust kuni «Mont Blanc» xususiy klinikasida fuqaro G.Ş.ga burun sohasida jarrohlik amaliyoti ötkaziş vaqtida unga yuborilgan narkoz notöğri ta'sir qilişi natijasida ahvoli oğirlaşgan.
Natijada şu kunning özida bemor uning yaqin qarindoşlari tomonidan «Akfa medline» xususiy şifoxonasiga (klinik ölim holatida) olib kelingan.
2019 yil 26 avgust kuni şifokorlar tomonidan tibbiy muolajalar körsatilganligiga qaramasdan, G.Ş. şifoxonaning jonlantiriş bölimida vafot etgan.
Mazkur holat böyiça töplangan hujjatlar Boş prokuraturada örganilib, 2019 yil 12 noyabr kuni JKning 116-moddasi 4-qismi «a,b» bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Hozirda uşbu jinoyat işi böyiça Şayxontohur tuman prokuraturasida dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, uning borişi Boş prokuratura tomonidan nazoratga olingan.
Bundan taşqari, tuman prokuraturasi tomonidan yuqoridagi kabi holatlarni kelgusida sodir etilişini oldini oliş böyiça Soğliqni saqlaş vazirligiga taqdimnoma kiritilgan.

















