Özbekistonda xususiy şeriklar iştirokida tezkor avtobanlar quriladi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan 2 oktabr kuni yöl xöjaligini rivojlantiriş va uşbu sohaga investitsiyalarni keng jalb qiliş masalalariga bağişlangan yiğilişda aytib ötildi.
Prezident matbuot xizmati xabariga köra, yiğilişda avtomobil yöllari sohasini tubdan isloh qiliş uçun manfaatdor vazirlik va idoralar vakillaridan iborat işçi guruh tuzib, 2020-2030 yillarda Avtomobil yöllarini rivojlantiriş strategiyasini işlab çiqiş zarurligi ta'kidlandi.

Hozirda Avtomobil yöllari qömitasida ham buyurtmaçi, ham pudratçi, ham ekspluatatsiya qiliş funksiyalari töplanib qolgani oqibatida tizimdagi korxonalar xalqaro loyihalarda iştirok eta olmayapti. Şu bois quriliş taşkilotlarini qömita tarkibidan çiqarib, ular negizida “Özavtoyöl” aksiyadorlik kompaniyasi taşkil etiş rejalaştirilmoqda.
Şuningdek, xususiy şeriklar iştirokida tezkor avtobanlar qurişga katta e'tibor qaratiladi.
Davlat rahbari yöllar sifatini oşirişni loyihalaştirişdan boşlaş kerakligini ta'kidladi. Buning uçun loyiha taşkilotlarini köpaytiriş, ularning moddiy-texnika bazasini va kadrlar tarkibini kuçaytiriş böyiça körsatma berildi.











