Afsonaviy boksçi Rufat Risqiyev 76 yoşida olamdan ötdi. Bu haqda Milliy olimpiya qömitasi matbuot kotibi Zafar Imomxöjayev ma’lum qildi.
Rufat Risqiyev özbek boksining eng maşhur vakillaridan biri bölib, sport olamida «Toşkent yölbarsi» nomi bilan tanilgan.
U 1974-yilda boks böyiça jahon çempioni bölgan. 1976-yilgi Olimpiya öyinlarida esa kumuş medalni qölga kiritgan. Şu tariqa, Risqiyev Olimpiya öyinlari va jahon çempionatlarida şohsupaga kötarilgan ilk özbek boksçisi sifatida tarixga kirgan.
Sportçi faoliyati davomida xalqaro maydonda ham qator muvaffaqiyatlarga erişgan. Xususan, AQŞ, Kuba, Avstriya, sobiq Yugoslaviya va Ispaniyada ötkazilgan xalqaro turnirlarda ğolib çiqqan.
Rufat Risqiyev sportçilik faoliyatidan keyin ham boks sohasida işlaşni davom ettirgan. U Markaziy Osiyodagi ilk xalqaro toifadagi professional boks hakami bölgan.
Özbek sporti rivojiga qöşgan hissasi uçun Rufat Risqiyev qator davlat mukofotlari bilan taqdirlangan. Jumladan, u «Hurmat Belgisi», «Buyuk xizmatlari uçun» va «El-yurt hurmati» ordenlariga sazovor bölgan.
Rufat Risqiyevning jahon va Olimpiya ringlaridagi muvaffaqiyatlari özbek boksi tarixida muhim örin egallaydi. Uning sportdagi natijalari keyingi avlod boksçilari uçun katta maktab va örnak bölib qoldi.












