Turkiya şaxsiy ma'lumotlarni himoya qiliş boşqarmasi Facebook kompaniyasiga 1,6 million lira (282 ming dollar atrofida) jarima solganini ma'lum qildi. 

Jarima solinişiga foydalanuvçilarning şaxsiy ma'lumotlari daxlsizligining buzilişi sabab bölgan.

Qayd etilişiça, ötgan yili 280 mingdan ortiq foydalanuvçining şaxsiy ma'lumotlari uçinçi şaxslar körişlari mumkin tarzda oçiq bölgan.

"Mazkur qonun buzilişining oldini oliş uçun ma'muriy va texnik çoralar körilmagan. Facebook kompaniyasi şaxsiy ma'lumotlarni himoya qiliş böyiça öz majburiyatlarini bajarmaganligi uçun 1,15 million lira jarima tölaşi böyiça qaror çiqarildi. Qonun buzilişi haqida hukumatni xabardor qilmagani uçun yana 450 ming lira jarima tölaydi", - deyiladi boşqarma xabarida.

Şu yilning may oyida Turkiya şaxsiy ma'lumotlarni himoya qiliş boşqarmasi foydalanuvçilarning fotosuratlari oçiq foydalanişga çiqib ketganligi bois Facebook kompaniyasiga 1,65 million lira jarima solgandi.