2019 yilning 2 oktabr kuni soat 02:35da Toşkent şahar, Uçtepa tumani, Çöponota MFY, Foziltepa köçasi 30-A-uyda joylaşgan “Jasmin Kosmetik” MÇJga qaraşli sexda yonğin sodir bölayotganligi haqida yonğin-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tuşgan.

Xabar asosida voqea joyiga törtta yonğin öçiriş bölinmalari jalb etilgan. Birinçi bölinmalar çaqirilgan manzilga 5 daqiqada yetib borgan. Yonğin soat 02:40da örab olinib, 02:54da bartaraf etilgan. Körilgan tezkor harakatlar natijasida yonğindan sexning 150 kv. metr maydoni saqlab qolingan. 

Tan jarohati olganlar va halok bölganlar qayd etilmagan. Yonğin oqibatida sexning 80 kv.metr maydonda içki va şift qismi yonib zararlangan. Yonğinning taxminiy sababi, elektr qozonini yoqilgan holda nazoratsiz qoldirilişi. 

Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qiliş bölinmasi ma'lumotida.