Davlat bojxona qömitasi tomonidan xorijdan Özbekistonga yuborilayotgan poçta va kurerlik jönatmalarining bojxona tölovlarisiz kiritiladigan miqdorini 25 dollargaça çeklaş masalasi örganib çiqilmoqda.

Kun.Uz manbasi ma'lumotiga köra, bu çeklov Özbekistonga import qilinayotgan tovarlar hajmini qisqartiriş, xorijiy valutaning çetga çiqib ketişini kamaytiriş çora-tadbirlari doirasida joriy qilinişi rejalaştirilmoqda.

Agar bu haqda hukumat qarori qabul qilinadigan bölsa, özbekistonliklar orasida maşhur bölgan AliExpress, Gearbest, Banggood, Amazon, Ebay va boşqa xalqaro internet dökonlaridan bir kalendar çorak mobaynida köpi bilan qiymati 25 dollarlik jönatmani bepul oliş mumkin böladi. Bundan ortiq qiymatdagi jönatmalarga boj tölovi joriy qilinadi.

Amaldagi qonunlarga köra, ayni vaqtda xalqaro kurerlik jönatmalari orqali jismoniy şaxslar nomiga kelayotgan tovarlar uçun — bir kalendar çorak mobaynida 1000 AQŞ dollarini, xalqaro poçta jönatmalari orqali jismoniy şaxslar nomiga kelayotgan tovarlar uçun — 100 AQŞ dollarini taşkil qiladi. 

Qayd qiliş joizki, poçta va kurerlik jönatmalarining bojxona tölovlarisiz kiritiladigan miqdorini 25 dollargaça çeklaş masalasi ayni paytda örganib çiqiş jarayonida.