27 sentabr kuni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi örni va ijtimoiy faolligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi 816-son qarori qabul qilindi.   

Qarorga muvofiq, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining 1990 yil 14 dekabrdagi rezolyutsiyasi bilan e'lon qilingan «1 oktabr - Xalqaro keksalar kuni»ni har yili mamlakatimizda munosib nişonlaş maqsadida oktabr oyining birinçi haftasi «Keksalar haftaligi» etib belgilandi.

Oktabr oyining birinçi haftasida “Keksalar haftaligi” doirasida köplab tadbirlar ötkazilmoqda. Andijon viloyatida «Özbekiston böylab sayohat qil» dasturi asosida keksa avlod vakillarining Özbekistonning turli hududlaridagi şahar va ziyoratgohlariga sayohati taşkil etildi.

Bugun, 5 oktabr kuni andijonlik nuroniylar Xonobod şahrida bölib, bunyodkorlik işlari bilan tanişdilar. 

Şu munosabat bilan taşkil etilgan tadbirda Andijon viloyat hokimi uzoq yillar samarali mehnat qilgan bir qator keksalarni taqdirladi. Şuhratbek Abdurahmonov andijonlik taniqli qori, «Devonaboy» masjidi muazzini Muhammadjon Temirovga Neksiya-3 avtomaşinasini sovğa qildi.  

Muhammadjon qori Temirov el orasida Qur'on suralarini özgaça şirali ovozi bilan tilovat qilişi orqali şuhrat qozongan. 

    

Elmurod Ermatov