5 oktabr kuni xorazmlik jurnalist Davlatnazar Rözmetov tuş vaqtida öz işi bilan «Ipoteka bank» ATB Urganç şahar filialiga kelganida bank oldida tanişi Kamolat Umarova bilan uçraşib qoladi. Ular bundan bir yil oldingi özaro pul oldi-berdisi masalasida janjallaşib ketişadi.

Xabarga asosan şu hududda faoliyat yurituvçi profilaktika inspektori N.Matyakubov voqea joyiga yetib keladi hamda özaro kelişmovçilikni bartaraf qiliş va huquqbuzarlikning oldini oliş maqsadida, ular Urganç şahar IIO FMB 3-son IIBga qaraşli 16-sonli tayanç punktiga olib kelinadi. 

K.Umarova D.Rözmetov uni haqorat qilganligini, unga nisbatan qonun doirasida çora körib berişni sörab ariza yozib bergan va arizaga asosan D.Rözmetov, K.Umarova va holatga guvoh bölgan boşqa şaxslardan tuşuntiriş xatlari olingan va D.Rözmetov soat 15.30larda IIB tayanç punktidan çiqib ketgan.

Şuningdek, holat yuzasidan Xiva tumani, Oqyop qişloği, Oqyop mahallasida yaşovçi fuqarolar B.Vaisov, S.Vapayev va D.Otanazarovalardan tuşuntiriş xati olingan va ular öz tuşuntiriş xatida D.Rözmetov va K.Umarovalarning özaro janjallaşganligini körganligini bildirişgan.

Hozirgi vaqtda K.Umarovaning arizasi böyiça Urganç şahar IIO FMB 3-son IIB tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

Boş prokuraturaning ma'lum qilişiça, D.Rözmetov uşlab turilmagan va unga nisbatan qamoqqa oliş yoki boşqa jazo çoralari qöllanilmagan.

Avvalroq xorijiy OAVda jurnalist D.Rözmetov hibsga olinganligi töğrisida xabarlar tarqalgandi.