Bugun, 5 oktabr kuni Toşkent şahridagi International mehmonxonasida Turkiy tilli davlatlar Işbilarmonlar kengaşi yiğilişi bölib ötdi. Unda Turkiy tilli davlatlar kengaşiga a'zo mamlakatlar vakillari hamda kengaş boş kotibi iştirok etdi. 

Yiğilişda Kengaşga a'zo mamlakatlar örtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantiriş, savdo-sanoat va tadbirkorlik sohalarida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi. 

Adham Ikromov, Savdo-sanoat palatasi raisi (Özbekiston):

─ Turkiy kengaş unga a'zo davlatlar örtasida amaliy hamkorlikni, birinçi galda savdo, investitsiya, innovatsiya, transport, turizm, madaniy va gumanitar almaşinuv sohalarini rivojlantirişga yordam beruvçi samarali mintaqaviy tuzilma hisoblanadi. Unga a'zo har bir mamlakat öz iqtisodiyotini rivojlantirişdan manfaatdordir.

Boğdod Amreyev, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşi boş kotibi:

─ Özbekistonda davlat va jamiyat qurilişi, liberal iqtisodiyot, işbilarmonlik va sarmoyaviy muhitni yaxşilaş borasida aniq qadamlar amalga oşirilmoqda. Buni jahon hamjamiyati qiziqiş bilan kuzatib turibdi. Mamlakatning Turkiy kengaşga a'zo bölişi esa bu sohadagi islohotlarning yanada ijobiy xarakterga ega bölişiga kömaklaşadi.

Rifat Hisarçik öğli, Turk savdo-sanoat palatasi prezidenti (Turkiya):

─ Bu kengaş a'zolari aslida oltita alohida ölkada yaşayotgan yagona millatdir. Turkiy kengaşga Özbekistonning qöşilişi Kengaş uçun ham, Özbekiston uçun ham manfaatli. Özbekiston qöşilgandan söng Kengaşning umumiy tovar aylanmasi 15 mlrd dollarga yetişi kutilmoqda. 

Kengaş a'zolari hamkorlik barobarida iqtisodiyotdagi muammolarga yeçim ham izlaşi lozim. Iqtisodiyotga ayollar va yoşlarni köproq jalb qiliş, xususiy tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş darkor. Xususiy sektor iştirokisiz iqtisodiyotni gullatib bölmaydi. 

Mamed Musayev, Tadbirkorlar milliy konfederatsiyasi prezidenti (Ozarboyjon):