Özbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşiga (Turkiy kengaş) a'zo bölişga qaror qildi, deb ma'lum qildi Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlut Çovuşöğlu.

Uning sözlariga köra, Kengaş muntazam ravişda kengayib bormoqda va taşkilotning navbatdagi sammiti 16 oktyabrda bölib ötadi.

Çovuşöğluning aytişiça, rasmiy a'zolikka kiriş jarayoni tez orada yakunlanadi.

«Şuningdek, Aşxobod kuzatuvçi davlat sifatida Kengaşga kirişga tayyorligini bildirdi», - dedi u.

Turkiya taşqi işlar vazirining eslatişiça, ötgan yili Issiqkölda bölib ötgan sammitda Vengriya Kengaşda kuzatuvçi davlat maqomini olgan.  

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşi turk dunyosi mamlakatlari muloqoti va hamkorligini rivojlantiriş uçun taşkil etilgan xalqaro platformadir.

Taşkilotga 2009 yil oktyabrda asos solingan.