4 oktabr kuni jurnalistlar va blogerlarning «Adolat» Sotsial-demokratik partiyasi yetakçilari bilan norasmiy uçraşuvi bölib ötdi.
Uçraşuvda partiya Siyosiy kengaşi raisi Narimon Umarov, rais örinbosarlari Abdukamol Rahmonov hamda Farhod Işanqulov, ayollar va yoşlarning siyosiy faolligini oşiriş bölim mudiri Gulruh Agzamova, partiyaning mafkura işlari bölimi boşliği Fazlitdin Ziyayev iştirok etdi.
Ma'lumot uçun: Özbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi 1995 yilning 18 fevralida taşkil qilingan. 2019 yil 1 sentyabrga kelib uning saflarida 399 599 nafar a'zo mavjud bölib, ular 6 300 dan ortiq birlamçi partiya taşkilotlariga birlaşgan.
Partiyaning asosiy maqsadi ijtimoiy yönaltirilgan bozor iqtisodiyotiga ega adolatli fuqarolik jamiyati va huquqiy demokratik davlatni şakllantirişdan iborat. Şu bois «Adolat» partiyasining qonunçilik taşabbuslari davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyatining şaffofligini ta'minlaş, korrupsiyaga qarşi kuraşiş, hammada oliy ta'lim oliş imkoniyati mavjud bölişiga erişiş, bepul sifatli tibbiy xizmat taqdim etilişini ta'minlaş, soliqqa tortiş tizimini isloh qiliş, sud-huquq tizimini yaxşilaşga yönaltirilgan.
Jurnalistlar bilan uçraşuvni oçar ekan «Adolat» partiyasining raisi Narimon Umarov: «2014 yili «Adolat» partiyasi «Davlat hokimiyati va boşqaruvi organlarining oçiqligi töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonunini qabul qiliş taşabbusçilaridan biri böldi. Bu qonun davlat organlari faoliyatining şaffofligini, fuqarolar va ayniqsa, hukumat, jamiyat va davlat tuzilişi tizimidagi kamçiliklarni yorituvçi jurnalistlar bilan faol va oçiq aloqalarni közda tutadi», dedi.
«Adolat» partiyasining ustuvor vazifalari orasida «Arxiv işi töğrisida», «Aholining reproduktiv salomatligi töğrisida», «Ilm-fan töğrisida», «Inson organlari va töqimalari transplantatsiyasi töğrisida», «Innovatsion faoliyat töğrisida»gi qonunlarni qabul qiliş va tegişli özgarişlar kiritiş kabi maqsadlar bor.

Partiyaning barça qonunçilik taşabbuslari saylovçilarning real ehtiyojlaridan kelib çiqadi. Xususan, partiya pensiyalarni rasmiylaştirişda xususiy kompaniyalarning arxiv yozuvlarini oliş qiyinligi haqida fuqarolar tomonidan bildirilgan köp sonli şikoyatlardan kelib çiqqan holda «Arxiv işi töğrisida»gi qonunga özgarişlar kiritiş taşabbusi bilan çiqdi. «Aholining reproduktiv salomatligi töğrisida»gi qonunga tuzatişlar esa Özbekistonda ekstrakorporal uruğlantiriş yönalişlarini rivojlantirişni közda tutadi. Bir söz bilan aytganda, «Adolat» partiyasining deputatlari öz faoliyatida saylovçilarning manfaatlariga tayanadi.











