«Adolat» sotsial-demokratik partiyasi nomzod körsatiş böyiça bölajak qurultoyda körib çiqiş uçun Robaxon Anvarovna Mahmudova nomzodini ma’qulladi. Bu haqda partiyaning navbatdan taşqari plenumi yakunida ma’lum qilindi.
«Plenumda Özbekiston «Adolat» SDPdan Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib Mahmudova Robaxon Anvarovnani körsatiş masalasini partiyaning navbatdagi Qurultoyi muhokamasiga kiritiş böyiça qaror qabul qilindi», deyiladi ÖzA xabarida.
Robaxon Mahmudova 1958 yilda Farğona şahrida tuğilgan, 1983 yilda Toşkent davlat universitetining «Huquqşunoslik» fakultetini tamomlagan. Muqaddam Jinoyat işlari böyiça Farğona viloyati sudi raisi lavozimida işlagan, 2017-2020 yillarda Özbekiston prezidentining Farğona viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri bölgan.
2020 yil yanvarida Farğona viloyatidan senator etib saylangan, keyinroq Özbekiston Respublikasi Senatining Fan, ta’lim, soğliqni saqlaş masalalari qömitasi raisi lavozomiga saylangandi.
U 2020 yil iyul oyidan buyon Özbekiston Oliy sudi raisining birinçi örinbosari – Ma’muriy işlar böyiça sudlov hay’ati raisi lavozimida işlab kelmoqda.
- Bungaça ikki partiyaning prezidentlikka nomzodlari ma’lum bölgandi – Ekologik partiya va Özbekiston Xalq demokratik partiyalari öz rahbarlari Abduşukur Hamzayev va Uluğbek Inoyatovni prezidentlikka nomzod sifatida körsatadi.
- Ma’lumot uçun, 2021 yil oktyabridagi prezidentlik saylovlarida «Adolat» SDPdan Bahrom Abduhalimov nomzod bölgan va u 3,39 foiz bilan oxirgi örinni egallagandi.













