Avstraliyaning Melburn şahridagi supermarketlardan birida sotib olingan uzumda ignalar aniqlandi. Bu haqda 9News portali xabar berdi. 

Portal ma'lumotlariga köra, ignalar Melburnning Kerolayn-Spring tumanidagi supermarketda sotib olingan uzumda topilgan. Bu oxirgi oy içida şunday uçinçi holatdir. 23 sentyabrda politsiya qulupnayda ignalar topilgani böyiça tergovni boşlagan.

Foto: Facebook /Chloe Shaw

Ma'lum qilinişiça, voqea oqibatida heç kim jabrlanmagan, biroq qulupnayda igna topgan ayollardan biri oşqozoniga igna bölaklari tuşganini istisno qiliş maqsadida şifoxonada tunni ötkazişiga töğri kelgan. 

Avstraliya politsiyasi 2018 yil sentyabrda mevalar içida igna aniqlanişi bilan boğliq bir neçta şunday holatni tergov qilgandi. Mamlakatning 6 ta ştatida qulupnayda ignalar aniqlangan. Uşbu jinoyatni sodir etişda qulupnay fermalaridan birida işlagan 50 yoşli Mi Ut Çin aybdor deb topilgan. Hozirda ayol sud hukmini kutmoqda.    

2018 yil 20 sentyabrda hukumat uşbu jinoyat uçun jazo muddatini 10 yildan 15 yilgaça oşirgan. Avstraliya qişloq xöjaligi vazirligi ma'lumotlariga köra, uşbu inqiroz oqibatida qişloq xöjaligi tarmoği 160 mln Avstraliya dollari (115,8 mln dollar) miqdorida zarar körgan.