Kar qiz eshitishni boshlagandan keyingi taassurotlari bilan bo‘lishmoqda
Sog‘lig‘i bilan muammolarga ega bo‘lmagan odamlar nogironligi sababli tug‘ilganidan boshlab har kuni turli qiyinchiliklarni yengishiga to‘g‘ri keladigan odamlarni tushunishi qiyin. Shu sababli qulog‘i og‘ir Jo Altmayyer o‘tning shitirlashi kabi ahamiyatsiz narsalarning asl qimmati haqida eslatib qo‘yishga qaror qildi.
Qiz eshitish moslamasini olganida uning xursandchiligi cheki yo‘q edi. Unga atrofidagi olam qanday tovushlar chiqarishi doim qiziq bo‘lgan va endi bu haqda bilishiga imkon paydo bo‘ldi. Jo do‘stlari bilan bu tuyg‘ulari haqida bo‘lishish uchun blog yuritib, unda o‘zi uchun ilk bor kashf qilayotgan narsalar haqida yoza boshladi.
Do‘stim hovlisida buni topdim. Men o‘kirib yubordim desam, hech narsa demagan bo‘laman.
Qushlar! Ular ajoyib chug‘urlaydi, yo tangrim!
Nihoyat, do‘stim qanday kuylashini eshitdim.
Ularning tuyoqlari maysada tovush hosil qiladi, biroq u deyarli unsiz. Ajoyib tovushlar, ajoyib mavjudotlar
Eng boshida yozishni unutibman! It nimanidir izlab havo yoki yerni hidlayotganda chiqaradigan qiziq tovush. Yoqimtoy!
Qarag‘ay g‘uddasi va ignalari oyoq ostida qarsillaydi! Juda antiqa
Akvariumdagi tozalagich! Bilq-bilq-bilq
Sayr vaqtida oyoq ostidagi qumning shitirlashi. G‘ichirlashga o‘xshash, ammo yoqimli. Barchaga tavsiya qilaman
Dengizzz!
Gitara chalishimni ilk bor eshitishim. Eshitish moslamasini zudlik bilan chiqarib oldim. Chalishni o‘rganmagunimcha, uni yaxshisi taqmay turaman
Qog‘ozda qalamlar bilan chizganingda, ular g‘ichirlaydi. Qalamlar bunday qila olishini bilmas ekanman!