Rossiyada 18-sentabr, juma kuni soat 08:00 dan Davlat dumasiga saylovlar rasman boşlandi. Mamlakat hududlari örtasidagi vaqt farqi sabab birinçi bölib Kamçatka va Çukotkadagi saylov uçastkalari oçildi.

Ovoz beriş uç kun - 18, 19 va 20-sentabr kunlari ötkaziladi. Hududlarda saylov uçastkalari mahalliy vaqt bilan soat 20:00 gaça işlaydi.

Davlat dumasining yangi çaqiriqdagi 450 deputati aralaş saylov tizimi asosida saylanadi. Ularning yarmi - 225 deputat bir mandatli saylov okruglarida, yaʼni saylovçilar muayyan nomzodga ovoz beriş orqali saylanadi. Qolgan 225 örin partiyalar röyxati böyiça ovoz beriş natijalari asosida taqsimlanadi.

DW maʼlumotiga köra, partiya röyxati böyiça saylovda 10 ta partiya iştirok etmoqda. «Yabloko» partiyasi esa avvalroq rasmiy sabablar bilan partiyaviy röyxat böyiça saylovdan çetlatilgan. Şu bilan birga, partiyaning ayrim vakillari bir qator hududlarda bir mandatli okruglardan nomzod sifatida qatnaşmoqda.

Ukrainaning Rossiya nazoratidagi hududlarida ham ovoz beriş ötkazildi

Rossiyada avvalgi Davlat dumasi saylovlari 2021-yilda ötkazilgan edi. 2026-yilgi saylov jarayoni doirasida Rossiya Ukrainaning özi nazorat qilayotgan hududlarida ham ovoz berişni taşkil etdi. Ukraina va xalqaro hamjamiyatning katta qismi bu hududlarni Rossiya tarkibi sifatida tan olmaydi.

Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşida qatnaşgan harbiylar, şuningdek, Rossiya nazoratidagi Ukraina hududlarida yaşovçilar uçun muddatidan oldin ovoz beriş avgust oyi oxiridan 17-sentabrga qadar ötkazilgani Rossiya rasmiy tuzilmalari tomonidan maʼlum qilindi.

DW keltirgan kuzatuvçilar fikriça, mazkur hududlardagi ovoz beriş natijalarini mustaqil ravişda tekşiriş imkoniyatlari çeklangan. Xususan, hududiy saylov komissiyalari aʼzolari haqidagi maʼlumotlar va ayrim saylov uçastkalari manzillari oçiq eʼlon qilinmagani, oçiq videokuzatuv taşkil etilmagani qayd etilgan.

Şuningdek, köçma saylov qutilaridan foydalanişga ruxsat berilgan. Rossiya Markaziy saylov komissiyasi mahalliy komissiyalarga zarurat tuğilganda byulletenlarni joyida çop etiş hamda ovozlar sanab bölingaç, ularni darhol yuqori turuvçi saylov organlariga topşirmaslik imkonini bergani ham maqolada keltirilgan.