Koreya kundaligi. Haydovçilik guvohnomasini atigi bir kunda oliş mumkin, lekin...
|05:50 / 07.10.201963 36012 min
Janubiy Koreyada haydovçilik guvohnomasini oliş tartibi, jarayonda köp uçraydigan muammolar va mavzuga oid tavsiyalar haqida Kun.uz'ning Janubiy Koreyadagi muxbiri Eldor Vohidov «Koreya kundaligi» ruknidagi navbatdagi maqolasida söz yuritadi.
Janubiy Koreyada xorijliklar haydovçilik guvohnomasi oliş borasida huddi mahalliy aholi kabi teng huquq va majburiyatga ega. Buning uçun bir neçta bosqiçlardan ötiş talab etiladi.
Avtomaktabga qatnaş majburiy emas
Haydovçilik guvohnomasini 18 yoşdan oşgan fuqarolar olişi mumkin. Lekin bu – öta murakkab, qiyin jarayon. Şu bilan birga, agar hamma sinovlardan öta olsangiz, guvohnomani bir kundayoq qölga kiritişingiz mumkin.
Imtihonga kiriş uçun avtomaktabda maxsus kurslarda öqiş talab etilmaydi. Bilim va könikma yetarliça bölsa, heç qanday qöşimça kurslarsiz imtihonda qatnaşiş mumkin.
Köpçilik koreyslar testdan muvaqqiyatli ötib oliş uçun imtihondan oldin 3 kunlik darsga borişni afzal biladi. 3 kunlik dars – taxminan 700-800 dollar.
Imtihon
Imtihonga kirişdan oldin talabgorning köz nuri tekşiruvdan ötkaziladi. Talabga javob bergan taqdirda, qolgan jarayonlarga ötiladi.
Imtihon uç bosqiçdan iborat:
1. Nazariy test (Writing test)
2. Amaliy sinov (Driving test)
3. Hal qiluvçi real amaliyot (Road test)
Har bir imtihon uçun alohida pul tölanadi va test sanasi belgilanadi.
Testga kirişdan oldin majburiy 1 soatlik darsda qatnaşiş kerak. Sinfxonaga maxsus blankani töldirib, barmoq izlari orqali röyxatga olingan holda kiriladi.
Mavzuga oid
1. Nazariy test ($7)
Test bölişi rejalaştirilgan kompyuterxonada mobil telefondan foydalanganlar jinoiy javobgarlikka tortilar ekan. Şuning uçun içkarida suratga olişning imkoni bölmadi.
Yozma testni koreys tilidan taşqari ingliz, xitoy, fransuz, nemis va yapon tillarida ham topşiriş mumkin. Ingliz tilini tanlab, yöriqnomani yarmigaça öqib olib, testga kirib ketaverdik.
Test 40ta savoldan iborat. Undan ötiş uçun 100dan kamida 60 ball töplaş kerak.
Savollar ançagina murakkab edi. Özga davlat qonunçiligi va yöl harakati qoidalari böyiça topşiriqlar surat va videotasvirlarda havola etilgan. Kutilganidek, ilk imtihondan yiqildik, ammo natija yomon emas – 50 ball.
Muvaffaqiyatsiz keçgan testdan söng uyga qaytdik, internet orqali izlab topganimiz – haqiqiy «x variant» böldi. 1000ta savol-javobi bilan.
Umuman, uşbu tayyor savol-javob testlari tegişli idora tomonidan tayyorlanib, guvohnoma oliş istagida bölganlar uçun foydalanişga çiqarilgan.
Xullas, ikkinçi urişinişda omad çopib, minimum 60 ball töplaşga erişdik. Kök muhr bosildi, ilk muvaffaqiyat!
Öşa kunning özidayoq keyingi bosqiç – «drayving test»ga röyxatdan ötgan holda, amaliy sinov uçun tayyorgarlikka kirişdik.
2. «Driving test» - maxsus maydonçadagi amaliy sinov ($15)
Haqiqiy «çellenj» mana şu bosqiçda boşlandi. Jami 6 marta yiqilişga majbur qilgan test bir qaraşda oddiydek, lekin oson emas.
Dastlab 15 daqiqalik tuşuntiriş işlari olib boriladi, maxsus tayyorlangan videorolik qöyib körsatiladi.
Uçta bosqiç orasidagi eng murakkab bölgani, şubhasiz, amaliy test jarayonlari böldi. Sinov maydonçasida, maxsus nimçani kiygan holda, taxminan 10 daqiqalik sinov amaliyotini bajariş lozim.
Test maşinasi saloniga qöşimça ravişda kiçik monitor va halokat signalini beruvçi moslama örnatilgan va töliq avtomatlaştirilgan. Notöğri xatti-harakat bajarilgan paytda avtomat tarzda ball yeçib boraveradi.
Rulga ötişingiz bilanoq, old közgu, yon oynalar va örindiqni moslab oliş tavsiya etiladi. Nazoratçilarning körsatmasi bilan imtihonga start beriladi.
Törtta sinov
Test sinovida qiyinçilik tuğdirişi mumkin bölgan 4ta maşq bor: Tepalik, favqulodda holat, parkovka, tezlikni oşiriş.
Avtomobilni öt oldirişdagi xato uçun ham imtihondan çetlatilganlar yetarliça topildi. Maşina yurgunga qadar ham imtihon bor: old faralarni yoqiş va öçiriş, oynaartgiçni işlatiş, uzatmalar qutisidan foydalaniş... Qözğaliş va töxtaşdan oldin buriliş işorasini berişni ham unutmaslik kerak.
100dan 80 va undan yuqori ball töplay olganlar imtihondan ötgan, deb hisoblanadi.
Umuman olganda, ballar töplanmaydi. Har bir qatnaşçiga umumiy hisobda 100 ball beriladi va qoida buzilganida ma'lum ball yeçib olinaveradi. Jarima ballari miqdori qoidabuzarlikning katta-kiçikligiga boğliq böladi.
Avtomobilda haydovçining yolğiz özi ötiradi. Körsatmalarni maşina saloniga örnatilgan avtodispetçer berib boradi. Tillarni tanlaş imkoniyati bor. Ingliz tilida berilayotgan körsatmalarni töliq anglaş biroz muşkul, şuning uçun ba'zida kiçik monitordagi matn şaklidan ham foydalaniş maqsadga muvofiq.
Yuqorida aytilganidek, bu bosqiçda asosiy 4ta çellenjni köriş mumkin.
1. «Aytgandim-a şu tepalikka çiqmaylik deb…» – dönglikdagi şart
Eng birinçi duç kelinadigan jiddiy şart – dönglikka kötariliş va uç soniya töxtab, yana yurişda davom etiş. Murakkabligi şunda böldiki, uzatmalar qutisi mexanik bölgan maşinalar uçun ham qöl tormozidan foydalaniş diskvalifikatsiyaga sabab bölar ekan. 3 soniya ötib, yana qözğalayotganda maşina 50 santimetrdan köp ortga yurib ketgan taqdirda ball olib qöyiladi.
Havaskor haydovçi bölganim bois deyarli har safar şu tepalikka kötarilgaç, bir marotaba maşinani öçirib olmasam, öta olmadim… Buning uçun ham jarima ballar bor, albatta.
2. «Tölbal, tölbal, tölbal» – favqulodda vaziyatlarda tezkorlikni sinovdan ötkaziş
Maydonçaga kirdingizmi, bu sinovga şay turişingiz kerak. Imtihon oluvçilar tomonidan istalgan vaqtda «Tölbal, tölbal, tölbal», ya'ni halokat signali berilişi mumkin. Bunday vaziyatda zudlik bilan maşinani töxtatiş (2 soniya) va favqulodda holat tugmasini bosiş (3 soniya) sizni ball yöqotişdan asrab qoladi.
Biroq, bu şartlarni bajarsam ham, har gal qimmatli 10 ball quloğini uşlab ketaverdi. Keyin bilsam, maşinani qayta yurgizişdan oldin keçiktirmasdan favqulodda holat tugmasini qayta bosib qöyiş kerak ekan.
Bu borada biz kabi debyutantlar köp şikoyat qilmasa ham böladi, çunki katta tajribaga ega haydovçilar ham aynan şu joyda pand yeyişgani bor gap. 2 daqiqa içida boşi berk kiçik köçada avtomobilni orqa tomoni bilan avtoturargohga joylab, yana qayta olib çiqib ketiş talab etiladi.
Yöl çetidagi sariq çiziqni bosiş – eng köp uçraydigan xatolardan. Buning uçun jarima – 15 ball.
Aynan şu joyda 4 marta imtihonni tark etişimga töğri keldi. Bir gal vaqt tugab qolgan bölsa, keyingi safar sariq çiziqni begona qilmay bosib ötdik. Bir vatandoşimizning yordami bilan tunda uning maşinasida avtoturargohga joylaş rejasini tuzib ham çiqdik hatto.
Şaxsan men qilgan xatolardan biri – mexanik moslamaning orqaga yurgizuvçi uzatmasini e'tibordan çetda qoldirganim böldi. Men örgangan maşina biroz eski bölgani uçun test avtomobili uzatmalar qutisiga moslaşib olişim qiyin keçdi va vaqtdan yutqazdim.
4. Tezlikni oşiriş
Bu şartni faqatgina bir marta bajariş «nasib qildi», ya'ni imtihondan muvaffaqqiyatli ötgan kunimda. Boisi maydonçadagi eng oxirgi duç kelişingiz mumkin bölgan xavfli sinov – aynan şu.
Bunda avtomobil tezligini 20dan oşirgan holda taxminan 40 metrça harakatlaniş talab etiladi. Bir qaraşda oddiy, lekin şu şartda ham 10 ball jarima sifatida olib qöyildi. Sabab – yetarli darajada e'tiborli böla olmaslik oqibatida belgilangan masofani bosib ötmay turib, tezlikni kamaytirganim.
Xullas, imtihonning ikkinçi bosqiçi men uçun avvaliga eng oddiy tuyulgani, aslida esa eng murakkab bölib çiqqani bilan yodimda qoldi. Undan ötiş uçun 7 marta urinişimga töğri keldi.
Imtihon yakuniga yetişi uçun hal qiluvçi bosqiç hali oldinda turgan bölsa-da, hozirgi ğalaba bilan Koreyada 1 yil mobaynida maşina haydaşga ruxsat berilar ekan. Şarti – haydovçiga yonida kamida 2 yillik tajribaga ega boşqa bir haydovçi hamrohlik qilişi kerak.
3. «Road test» – katta köçadagi hal qiluvçi bosqiç ($20)
Biroz bölsa-da işonç bilan harakatni boşlagandim, lekin katta köçaga çiqişga ulgurmay imtihonni tugatişga töğri keldi – qizil çiroqni payqamay qolibman.
Real hayotdagi avtomobil boşqaruvi – maxsus maydonçadagi sinovlardan sezilarli darajada osonroq. Svetofor çiroqlariga e'tiborli bölinsa bas. Imtihondan ötiş uçun yakuniy balingiz 70dan yuqori bölişi kerak.
Mayda jihatlardek köringan, lekin muhim sanaluvçi harakat yoki harakatsizlik uçun katta-katta ball olib taşlanadi. Uçinçi urinişda deyarli xato qilmadim va mas'ul xodim hujjatimga kök muhrni bosib berdi. Ana endi erkin nafas oliş mumkin edi, ğalaba!
Aslida, bir kunda iş bitişi mumkin edi…
Afsuski, öşa kunning özida guvohnomani olib ketiş nasib qilmadi. Pasport olib boriş xayoldan kötarilgan ekan. Ertasi kuni surat, pasport va Koreya ID kartasini olib bordim.
Atayin soatga qarab turdim: 6 daqiqa içida menga Janubiy Koreya haydovçilik guvohnomasini topşirişdi.
Maşina haydaşda deyarli heç qanday tajribam bölmagani bois guvohnoma olişim uçun 2 oy vaqt kerak böldi. Yakuniy ğalabaga uçun uçta bosqiçda jami 13 marta urinib körişimga töğri keldi.
Har gal imtihondan yiqilib, qayta topşiriş uçun ariza topşirayotganda yana alohida tölov qilinadi. 2 oylik umumiy xarajatim – yölkira bilan birga çamasi 220 dollarga yetdi.
Janubiy Koreya haydovçilik guvohnomasining xorijda amal qilişi
Hujjat xalqaro haydovçilik guvohnomasi sifatida 35ta davlatda heç qanday qöşimça qoğozbozliksiz amal qiladi. Avstraliya, Buyuk Britaniya va Kanada şular jumlasiga kiradi. Guvohnoma 10 yil muddatga beriladi.
Ayrim ma'lumotlarga köra, Janubiy Koreya haydovçilik guvohnomasi 97ta davlatda tan olinadi.
Özbekistonda olingan haydovçilik guvohnomasi bilan Koreyada avtomobil boşqariş mumkin
Özbekiston fuqarolari öz yurtlarida olgan haydovçilik guvohnomasi bilan Koreyada maşina haydaş uçun guvohnomani koreysça variantga almaştirib olişlari kerak.
Koreyada öqiyotgan talaba tanişlarimdan biri bu iş 3-4 soatda hal bölişini aytgandi.
Guvohnomasi yöq, biryöla Koreyada avtomobil boşqarişga ruxsat olaman, deb niyat qilganlar tayyorgarlikka jiddiy yondaşganlari ma'qul. Mingtalik testni yod oliş, maşinada sinov maşqlariga tayyorgarlik köriş tavsiya etiladi.
Agar moliyaviy imkoningiz bölsa, avtomaktabga qatnaşingiz ham mumkin. Lekin eng hamyonbop usul – videokurslar orqali bilim oliş va xavfsiz maydonçada tajribani oşiriş.
Eldor Vohidov,
Kun.uz'ning Janubiy Koreyadagi muxbiri.
P.S. «Koreya kundaligi» ruknidagi navbatdagi maqola bilan çet ellik talabalarning Koreyada qonuniy işlaşi bilan boğliq masalalar va viza turini özgartirişdagi muammolarni yoritiş rejalaştirilgan.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi