Xalqimiz ertaga emas, uzoq kelajakda emas, aynan bugun öz hayotidan rozi va mamnun bölib yaşaşi kerak. Prezidentimiz ilgari surgan uşbu fikr asosida mamlakatimizda aholi turmuş farovonligini yuksaltiriş yölida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda.

Gap odamlarning hayotdan, bugungi yaşayotgan kunidan roziligi haqida borar ekan, «Obod qişloq» va «Obod mahalla» dasturlari ijrosi yuzasidan olis qişloqlar, qarovga, e'tiborga muhtoj mahallalarda amalga oşirilgan ulkan bunyodkorlik va obodonlaştiriş işlarini alohida qayd etiş lozim. Zero, uşbu dasturlar odamlarning bandlik, tibbiyot, ta'lim, elektr energiyasi, gaz, içimlik suvi, yöllar kabi kundalik turmuşidagi birlamçi ehtiyojlarini qanoatlantirişga yönaltirilgani bilan ahamiyatlidir.

Fuqarolarning öz hayot şaroitlaridan roziligini belgilovçi yana bir muhim mezon – ularga körsatilayotgan tibbiy xizmatning sifati va samaradorligidadir. Buning uçun esa tizim yetarli darajada kadrlar bilan ta'minlanişi zarur. Qulay binolar, zamonaviy asbob-uskunalar bor tibbiy muassasalarda malakali xodimlar işlamasa, tibbiy xizmatdan odamlarni rozi qiliş imkonsizdir.

Respublikamiz viloyat va tumanlarida şifokorlar bilan ta'minlaniş darajasi örganilganda, jiddiy yetişmovçiliklar mavjudligi yuzaga çiqdi.

2018 yil hisobotlariga asosan respublikamiz böyiça mavjud vraçlik iş örinlarining 12 foizi vakant holatda bölsa, Surxondaryoda bu körsatkiç 23,7 foizni, Sirdaryo viloyati böyiça 21,5 foizni, Jizzax viloyati böyiça 20 foizdan ortiqroqni taşkil etadi.

Agar tumanlar kesimida körilsa, yanada jiddiyroq raqamlarga duç kelamiz. Masalan, Qoraqalpoğiston Respublikasining Taxiatoş tumanida 33 foiz, Jizzax viloyatining Baxmal va Mirzaçöl tumanlarida 36 foiz, Yangiobod tumanida 57 foiz, Qaşqadaryo viloyatining Mirişkor tumanida 40 foiz, Navoiy viloyatining Tomdi tumanida 59 foiz, Samarqand viloyatining Kattaqörğon tumanida 33 foiz, Sayxunobodda 36 foiz, Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida 45 foiz, Qiziriq tumanida 41 foiz, Toşkent viloyatining Böstonliq tumanida 38 foiz, Farğona viloyatining Toşloq tumanida 43 foiz vraç iş örinlari böş ekan.

Bu raqamlar kişini çuqur öyga toldiradi, jiddiy xavotirga soladi.

Har bir viloyatda şifokorlarga ehtiyoj mavjud. Vakant iş örinlarining asosiy qismini ambulator poliklinika muassasalari taşkil etadi.