Davlat rahbarining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining tashkiliy tuzilmasi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi markaziy apparatining tuzilmasi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi filiallarining namunaviy tuzilmasi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktoriga quyidagi huquqlar berildi:

zarur hollarda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, shu jumladan uning markaziy apparati tashkiliy tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan soni hamda mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish;

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga yuklangan vazifalar ijrosini ta'minlash doirasida malakali va yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan xorijda yashayotgan vatandoshlarni Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining rahbar lavozimlariga va maslahatchilar sifatida jalb qilish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi qoshidagi Davlat xizmatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xodimlari uchun lavozim maoshlariga (tarif stavkalariga) ustamalar va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlarni belgilash.

Quyidagilar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilandi:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;

Jamg‘arma mablag‘lari;

xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning texnik ko‘mak vositalari va grantlari;

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Belgilanishicha: