6 sentyab kuni Samsung kompaniyasi o‘z vatani Koreyada ilk marta egiluvchan smartfonlarini taqdim etgan edi. Ba'zi texnik nosozliklar tufayli bir necha oyga kechiktirilgan bu taqdimot xaridorlar va qiziquvchilar tomonidan ancha kutilgani aniq edi.

Galaxy Fold taqdimoti: kim qanday kutib olgandi?

Reuters’ning Samsung kompaniyasi ma'lumotiga tayanib xabar berishicha, Koreyada bu telefon 2.398 million vonga (2 ming dollar atrofida)ga baholangan.

Foto: Reuters

Aslida, bu mobil vosita aprel oyidayoq AQSh bozoriga kirib borishni rejalashtirgan, biroq ekran bilan bog‘liq ayrim muammolar tufayli taqdimoti kechiktirilgan edi.

Xuddi kitob singari ochiluvchi bu modelning ekrani buklanmagan holatda 18.54 santimetrga teng bo‘ladi. Ekranning himoyalovchi g‘ilofidan tashqari ham buklanuvchi burchagida alohida himoyalovchi qatlami mavjud.

Birinchi marta ushbu smartfon test qilinganda g‘arbiy Seul bo‘ylab Samsung rastalarida kompaniyaning mijozlari to‘lib ketgan edi. Ularni yangi smartfonning funksiyalari va qulayliklariga oid bir qator savollar qiziqtirgan.

Samsung kompaniyasining Yevropa hududidagi savdo boshlig‘i Mark Nottonning ta'kidlashicha, telefon yopilganda ekranning ikki qatlami orasida juda kichik ochiqlik qoladi va natijada, turli changlarning ekranga qo‘nishi ehtimoli yo‘qoladi.

Qurilma ekranining kattaligi unda bir vaqtning o‘zida 3ta dasturni ishlatish imkonini beradi. Ekran yopilgach esa, tashqi displey holati o‘z-o‘zidan qayta tiklanadi.

Tashqi displey orqali ham odatiy telefonda qilinadigan amallarni bajarish – xabar yozish, qo‘ng‘iroq qilish, istalgancha vaqtni internetda o‘tkazish