Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Suriyada harbiy amaliyot boşlangani töğrisida ma'lum qildi.
NTV telekanali xabariga köra, Turkiya Suriyadagi Firot daryosidan şarqda harbiy operatsiya boşlagan.
Öz navbatida, Suriya davlat televideniyesi ma'lumotiga köra, Turkiya armiyasi mamlakat şimolidagi Ras-al-Ayn şahriga aviazarbalar bergan.
Operatsiyadan maqsad - kurd harbiy bölinmalarini Suriya şimolidagi hududlardan siqib çiqariş va «xavfsiz hudud» taşkil etiş. Bu hududga 3,6 million nafarga yaqin suriyalik qoçqinlarni joylaştiriş rejalaştirilgan.
Suriya davlat televideniyesi ma'lumotiga köra, turklarning aviatsiyasi Ras-el-Ayn şahriga zarbalar berişga ulgurgan. Şahar atrofidagi hududda joylaşgan Al-Majrafa qişloği, şuningdek, al-Maşrafa va Xarbat al-Banat qişloqlaridagi «Suriya demokratik ittifoqi» (SDF) pozitsiyalari ham hujumga uçragan.
Turkiya hukumati bu harbiy amaliyotga «Tinçlik manbai» deb nom berdi.
Bundan oldin, Turkiya öz harbiylarini Suriya hududiga kiritişni boşlagani xabar qilingandi.
Vaşington «ruxsat berdi»
Avvallari bu hududlarda amerikaliklarning kiçik harbiy bölinmalari joylaşgandi. Kurdlar IŞIDga qarşi uruş vaqtida koalitsiya kuçlari va Suriya muxolifatiga yordam körsatgandi.
Ammo turklar hujumi arafasida AQŞ prezidenti Donald Tramp amerikalik harbiylarni bu hududdan olib çiqişga körsatma berdi - bu esa turklarning kurdlarga qarşi harbiy amaliyot boşlaşi uçun «yaşil çiroq» vazifasini ötadi.
«Suriya demokratik ittifoqi» koalitsiyasiga birlaşgan kurdlar bu qarorni tanqidiy qabul qilişdi va buni «orqadan zarba beriş» deya baholaşdi.
Donald Tramp bu noroziliklar ortidan agar Anqara kurdlarga qarşi yuriş boşlasa, Turkiya iqtisodiyotini yakson etiş bilan tahdid qildi.
Ma'lumot uçun, Turkiya Suriya şimolidagi kurdlarni öz milliy xavfsizligiga tahdid sifatida köradi.
Turkiya hukumati Suriyadagi kurdlarni ön yillardan buyon Turkiya hududida hukumatga qarşi kuraş olib borayotgan Kurdiston işçilar partiyasiga böysunuvçi terrorçilar sifatida biladi. Suriya kurdlari esa bu ayblovni rad etişgan.













