Boş prokuratura Toşkent şahrining “Kamolon” mahallasida sodir etilgan qasddan odam öldiriş jinoyati yuzasidan bayonot berdi. Bu haqda mahkama jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bölimi boşliği Hayot Şamsutdinov ma'lum qildi.
Qayd etilişiça, 2019 yil 5 oktabr kuni soat taxminan 04:30larda Şayxontohur tumani, Kirkiy köçasida joylaşgan uyning yotoqxonasidan, şu xonadonda istiqomat qilib kelgan A.A.ning (1993 y.t., XATB “Universal bank” Toşkent filiali bölim boşliği lavozimida işlagan) murdasi böyin sohasidan dazmol şnuri bilan böğilgan holatda topilgan.
Sud tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga köra, A.A.ning ölimi böyin a'zolarining sirtmoq bilan böğilişidan kelib çiqqan mexanik asfiksiya natijasida yuz berganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 5 oktabr kuni Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Tezkor-tergov harakatlarida aniqlanişiça, K.A. turmuş örtoği A.A. bilan örtalarida kelib çiqqan özaro nizo sababli uni qasddan öldiriş haqida qarindoşi O.X. bilan jinoiy til biriktirgan.
O.X. 2019 yil 4 oktabr kuni soat 19:00larda A.A.ning yaşaş uyiga kelib, xonadon mehmonxonasidagi stol ostiga berkinib, K.A. bilan uning turmuş örtoği A.A.ni öldiriş uçun qulay fursat kutib, 2019 yil 5 oktyabrga ötar keçasi soat 00:30larda yotoqxonaga kirib, A.A. uyğoq bölganligi sababli uning ustiga çiqib, yuz qismiga çap qöli muşti bilan bir neça zarbalar berib, söngra oldindan tayyorlab qöyilgan dazmol elektr simi bilan böyin sohasidan böğa boşlagan.
Natijada, A.A. öziga nisbatan bölayotgan tajovuzdan himoyalanib, yaqin qarindoşlarini yordamga çaqira boşlagan vaqtida K.A. öz turmuş örtoğining yuz qismiga yostiq bilan bosib, uning nafas yöllarini berkitib, A.A.ni qasddan öldirişgan.
Söngra, O.X. xonadonda bölgan marhum A.A.ga tegişli 2 ta uyali telefon apparatlari, 500 AQŞ dollari va 110.000 söm pullarini hamda jinoyat izlarini yaşiriş maqsadida şerigi K.A.ga tegişli 1 dona uyali telefon apparati va tilla taqinçoqlarini qölga kiritib, voqea joyidan yaşiringan. K.A. esa jinoyati foş etilişini oldini oliş va javobgarlikdan qutilib qoliş maqsadida şu keça unga va turmuş örtoğiga nisbatan noma'lum şaxslar tomonidan bosqinçilik sodir etilganligini aytib, marhumning ota-onasini uyğotgan.
Tergov davomida O.X.ning yaşaş xonadonida ötkazilgan tintuv davomida A.A.ning uyidan olib ketilgan tilla buyumlar yertölaga yaşirib qöyilganligi aniqlanib, aşyoviy dalil sifatida olingan.











