2019 yilning 10 oktabr kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri örinbosari Dilşod Axatov Ummon Sultonligining favqulodda va muxtor elçisi Ahmad bin Said bin Umar al-Kasiriy bilan uçraşdi.
TIV xabariga köra, muloqot çoğida ikki tomonlama munosabatlarning asosiy masalalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boşqa sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantiriş istiqbollari yuzasidan fikr almaşildi.
Uçraşuvda 21 oktabr kuni Özbekiston xalqaro islom akademiyasida «Bağrikenglik, özaro anglaşuv, birdamlik va totuvlik: Ummon islom risolasi» nomli körgazma oçilişining amaliy jihatlariga alohida e'tibor qaratildi.











