2019 yilning 10 oktabr kuni Aşxobod şahrida Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Özbekiston Respublikasi, Qozoğiston Respublikasi va Turkmaniston örtasida uç mamlakat Davlat çegaralarining tutaş nuqtasi hududi töğrisidagi şartnomani (2017 yil 10 noyabrda Samarqand şahrida imzolangan) ratifikatsiya qiliş töğrisidagi yorliqlarni almaşiş töğrisidagi Bayonnomani imzolaş marosimida iştirok etdi.

Hujjatni, şuningdek, Qozoğiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Muxtar Tleuberdi va Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi örinbosari, taşqi işlar vaziri Raşid Meredov ham imzoladilar.

TIV xabarida aytilişiça, imzolangan bayonnomaga köra Bitim 2019 yil 10 oktyabrda kuçga kirdi.