Bir neça kun oldin internetda Toşkent şahrining «Kamolon» mahallasida 26 yoşli yigit 24 yoşli rafiqasi tomonidan böğib öldirilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda ajraşmoqçiligini aytgan er öz rafiqasi va uning xuştori tomonidan öldirilgani haqida aytilgandi.

10 oktabr kuni Boş prokuratura matbuot xizmati uşbu qasddan odam öldiriş jinoyati böyiça rasmiy ma'lumot berdi. 

Bugun, 11 oktabr kuni Toşkent şahar öta oğir jinoyatlarni tergov qiliş bölimi boşliği Anvar Örmonov Kun.uz muxbiriga ijtimoiy tarmoqlarda köplab muhokamalarga sabab bölayotgan mazkur jinoyatning dastlabki tergov harakatlaridan aniqlangan ma'lumotlarni   taqdim etdi.

«Tezkor-tergov harakatlarida aniqlanişiça, K.A. turmuş örtoği A.A. bilan örtalarida kelib çiqqan özaro nizo sababli uni qasddan öldiriş haqida qarindoşi O.H. bilan jinoiy til biriktirgan. Jinoiy rejalarini amalga oşiriş maqsadida O.H. 4 oktabr kuni soat taxminan 19:00da A.A.ning uyiga kelib, xonadon mehmonxonasidagi stol ostiga berkinib, K.A. bilan birga A.A.ni öldiriş uçun qulay fursat kutgan.

O.H. 5 oktyabrga ötar keçasi soat taxminan 3:00da A.A.ni uxlagan deb öylab, yotoqxonaga kirgan, biroq A.A. uyğoq bölgani sababli uning ustiga çiqib, yuz qismiga çap qöli muşti bilan bir neça zarba bergan, söngra oldindan tayyorlab qöyilgan dazmol elektr simi bilan böyin sohasidan böğa boşlagan. Natijada A.A. Öziga bölayotgan tajovuzdan himoyalanib, yaqin qarindoşlarini yordamga çaqira boşlagan vaqtda K.A. öz turmuş örtoğining yuziga yostiq bilan bosib, uning nafas yöllarini berkitib, A.A.ni qasddan öldirişgan.

Yana şunga aniqlik kiritib ötiş kerakki, O.H. marhum A.A.ning turmuş örtoği K.A.ning toğasining öğli, ya'ni qarindoşi hisoblanadi. K.A. oldindan rejalaştirilgan jinoyatni sodir etiş maqsadida toğasining öğli O.H.ga uyiga kirişda yordamlaşgan. Bu vaqtda esa marhumning uyida ota-onasi, amakisi, buvisi bölişgan. Lekin ular boşqa-boşqa xonalarda bölgan.

Jinoiy iş hujjatlariga köra, qotil uyga kirib kelişi uçun A.A.ning turmuş örtoği xonadon eşigi qulfini oçib qöyiş bilan yordam bergan. Jinoyat haqidagi xabar huquqni muhofaza qiliş organlariga 5 oktabr kuni ertalab soat 06:00da kelib tuşgan, 1 sutka davomida tezkor tergov harakatlari olib borilib, jinoyat foş etilgan», deya ta'kidlab ötdi bölim boşliği.

Eslatib ötamiz, mazkur iş böyiça 2019 yil 7 oktabr kuni O.X. va K.A. jinoyat işida ayblanuvçi tariqasida iştirok etişga jalb qilinib, ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «p» bandi bilan ayblov e'lon qilingan va ehtiyot çorasi sifatida «qamoq» jazosi qöllangan.