Özbekistonda joriy yilgi paxta yiğim-terimi mavsumi avvalgi yillarga nisbatan öziga xos qiziqarli va unutilmas voqealarga boy tarzda keçmoqda. Bir tomonda hukumat majburiy mehnat va bolalar mehnatiga qarşi qattiq kuraşayotgan bölsa, ikkinçi tarafda «hokim buva»lar paxtazorlar oralab, terimçilar davrasida yurişni odatga aylantirişdi. Hatto faol paxtakorlar va fermer xöjaligi rahbarlarini qimmatbaho buyumlar-u zamonaviy avtomaşinalar bilan rağbatlantirişmoqda.
Internetda hokimlar avtomobillar kalitini topşirgani haqidagi xabarlar qizğin muhokamalarga sabab bölmoqda. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilarida «Terimçi va dehqonlarga berilayotgan maşinalar qaysi pul evaziga olinyapti?», «Nahotki, bu yil davlat budjetidan paxta mavsumidagi faollarga avtomobil sovğa qilişga mablağ ajratilgan bölsa?!», «Hokimiyat tasarrufida şunaqa vaziyatlar uçun maxsus fond böladimi yoki viloyatdagi boy taşkilotlarga «soliq» solinadimi?» singari qator savollar ham tuğilmoqda.
Kun.uz muxbiri hokimlik vakillari bilan suhbatlaşib, şu kabi savollarga javob topişga harakat qildi.
«Sovğa berişda qatnaşyapman xolos»
Paxtakorlarga avtomaşina tuhfa etişni Andijon viloyati hokimi Şuhratbek Abdurahmonov boşlab bergandi. Respublikada paxta mavsumiga start berilgaç, heç qança vaqt ötmay, viloyat rahbari faol terimçilarga avtomobil taqdim qilgani aks etgan suratlar internetda keng bahs-munozaralarni keltirib çiqardi. Bu kabi muhokamalar hokimga şijoat bağişlagan çoği, u ilğor terimçi-yu fermerlarga avtomaşina topşirişda hamon faollikni qöldan boy bermayapti. Ijtimoiy tarmoqlarda kinoyali va örinli savollarni örtaga taşlayotgan, ammo javob ololmayotganlar yetarliça topiladi.
Viloyat rahbari Şuhratbek Abdurahmonov bilan telefon orqali suhbatlaşib, uşbu holat yuzasidan javob oldik.
«Qişloq xöjaligi sohasida yangi tizim joriy qilindi, ya'ni hududlarda klaster korxonalari taşkil etildi. Tekstil korxonalari mavjud bölgan katta tadbirkorlarga tumanlarni berganmiz. Ular öziga biriktirilgan fermer xöjaliklari bilan birga paxtani yetiştirib, yiğib-terib va qabul qilib, kalava-ip holatiga keltirib, tayyor mahsulotga aylantirişadi. Joriy yildan viloyatning 9ta tumanida mana şunday korxonalar öz faoliyatini boşladi. Yana 4ta hududda yölga qöyişni rejalaştirganmiz.

Klaster korxona rahbarlari paxtani yetiştirişga milliardlab mablağ sarflaşgan. Ularga taşkilotçilik bölmasa, paxtani qisqa vaqtda yiğib-terolmay, sarflagan puliga kuyib qolişi mumkin. Şuning uçun mavsum oldidan ularni yiğib, bu yil paxta terimiga öqituvçilar, şifokorlar, umuman, budjet taşkilotlari xodimlarini çiqarmaslikni, majburiy mehnatga jalb qilmaslikni ta'kidladim. Ularning örniga uyda ötirgan oddiy xalqni olib çiqiş kerakligini va albatta rağbatlantiriş zarurligini aytdim.
















