JÇ—2022 saralaşining ikkinçi bosqiçi 4-turi doirasida Singapur hamda Özbekiston milliy jamoalari örtasidagi öyin yakunlandi. Unda Vadim Abramov murabbiyligidagi Özbekiston milliy jamoasi 3:1 hisobida ğalabaga erişdi.

Öyindagi ilk xavfli vaziyat 8-daqiqada kuzatildi. Eldor Şomurodov öng qanotdan jarima maydonçasiga kirib bordi va töpni özidan ham qulayroq vaziyatda turgan Jaloliddin Maşaripovga uzatdi. Maşaripov esa darvozabon bilan yakkama-yakka çiqib borib imkoniyatdan foydalana olmadi.

10-daqiqada Singapur juda xavfli vaziyat sodir etdi. Singapurlik futbolçining zarbasini Eldor Suyunov katta qiyinçilik bilan maydon taşqarisiga çiqarib yubordi.

15-daqiqada öyinda hisob oçildi. Sanjar Qodirqulovga qarşi qöpollik uçun belgilangan jarima zarbasini jamoa sardori Odil Ahmedov golga aylantirdi. 35-daqiqada Özbekiston milliy jamoasi yana bitta gol urişi mumkin edi. Odil Ahmedovning qanotdan uzatgan töpini Eldor Şomurodov boş bilan darvozaga yölladi, ammo hujumçiga biroz aniqlik yetişmadi. 39-daqiqada xuddi şunga öxşaş vaziyat Doston Hamdamovda böldi. Doston Hojiakbar Alijonov uzatgan töpni boş bilan darvozaga yöllay olmadi.

1-bölim yakunida Özbekiston gol ötkazib yubordi. Norvegiya quyi divizionida harakat qiluvçi Ihsan Fandi hisobni tenglaştirdi. Hujumçi havodan uzatilgan töpni boş bilan darvozaga yölladi.

Ikkinçi bölimni Özbekiston juda faol boşladi. 52-daqiqaga keliboq Abramov şogirdlari hisobda oldinga çiqib olişdi. Eldor Şomurodov Farrux Sayfiyevning uzatmasini boş bilan darvozaga yölladi. Goldan köp ötmay Eldor dubl qayd etişi mumkin edi, ammo himoyaçini aldab ötgan Eldor böş darvozani işğol qila olmadi.

67-daqiqada himoyaçidan katta tezlikda ötib ketgan Eldor Şomurodov qanotdan darvoza tomon yaqinlaşdi va kuçli zarba bilan yaqin burçakni nişonga oldi, ammo Eldorning zarbasi tösinga tegib qaytdi.

90+2-daqiqada esa Eldor Şomurodov öyinga nuqta qöydi. Ikrom Aliboyev bir pas bilan Eldorni darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga çiqardi va terma jamoaning asosiy hujumçisi böş darvozani işğol etdi. 

Ketma-ket ikkinçi ğalabadan söng Özbekistonning oçkolari soni 6taga yetdi va Vadim Abramov jamoasi vaqtinça guruh yetakçisiga aylanib oldi. Falastin hamda Saudiya milliy jamoalari örtasidagi öyin davom etmoqda.