Yevro-2020 saralashi guruh bosqichi 8-turidan o‘rin olgan bugungi o‘yinlar yakunlandi.
A guruhida Angliya mehmonda Bolgariyaga master-klass o‘tib bergan bo‘lsa, Kosovo o‘z maydonida Chernogoriyani mag‘lub etdi.
V guruhida Andrey Shevchenko boshchiligidagi Ukraina Portugaliyani mag‘lubiyatga uchratib, Yevropa chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Portugaliya esa Serbiya bilan 2-o‘rin uchun kurash olib boradi.
N guruhida peshqadamlar Fransiya va Turkiya to‘qnash kelishdi. Jiru tomonidan kiritilgan to‘pga turklardan Ayxan javob berdi.
Yevro-2020 saralashi, 8-tur
14 oktabr
A guruhi
Bolgariya – Angliya 0:6
«Bolgarska armiya»
Gollar: Reshford (7), Barkli (20, 32), Sterling (45+4, 69), Keyn (85).
Bolgariya: Iliyev, Xajiyev, Terziyev, Zanev, Vanderson (Malinov, 76), Sarmov (Krayev, 46), Kostadinov, Popov, Despodov, Pashov, Isa (Ivanov, 68).
Angliya: Pikford, Tripper, Mingz, Maguayr, Chiluell, Barkli (Maunt, 73), Xenderson, Uinks, Sterling (Sancho, 73), Keyn, Reshford (Uilson, 76).
Ogohlantirishlar: Xenderson (4).
Kosovo – Chernogoriya 2:0
Gollar: Rraxmani (10), Muriki (34).
V guruhi
Ukraina – Portugaliya 2:1
«NSK Olimpiyskiy»
Gollar: Yaremchuk (6), Yarmolenko (27) – Ronaldu (72, penalti).
Ukraina: Pyatov, Mikolenko (Plastun, 90+4), Krivsov, Matviyenko, Zinchenko, Marlos (Konoplyanka, 63), Karavayev, Malinovskiy, Stepanenko, Yarmolenko, Yaremchuk (Kovalenko, 73).
Portugaliya: Patrisiu, Pepe, Diash, Semedu, Gerreyru, Danilu, Mariu (Bruma, 68), Gedesh (Felish, 46), Moutinyu (Fernandesh, 56) , Bernardu Silva, Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Stepanenko (25), Pepe (26), Yarmolenko (47), Diash (63), Zinchenko (90+4), Kovalenko (90+5).
















