Bugun, 16 oktabr kuni Toşkent şahridagi «Radisson» mehmonxonasida korrupsiyaga qarşi kuraş va korrupsiyaga oid aktivlarni qaytariş böyiça Istanbul harakatlar rejasining natijalari böyiça uçraşuv bölib ötdi.

Boş prokuraturaning Korrupsiyaga qarşi kuraş sohasidagi çora-tadbirlarni muvofiqlaştiriş boşqarmasi katta prokurori Karimjon Musaşayxov OAV vakillariga bergan intervyusida korrupsiyaga boğliq jinoyatlar kamaygani haqida ma'lumot berdi.

Karimjon Musaşayxov

«Ötgan yilning şu davriga nisbatan korrupsiyaga oid mansabdor şaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni 30 foizga kamayganini amalga oşirilgan islohotlar samarasi deb aytiş mumkin. Öz navbatida mazkur yönalişdagi xorijiy tajribani örganiş, xalqaro taşkilotlarning hamkorligini amalga oşiriş maqsadida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyoti taşkilotining korrupsiyaga qarşi kuraş tarmoği doirasida a'zo davlatlar Şarqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlarining 10-sonli uçraşuvining oçiliş marosimi bölib ötdi. Bundan asosiy maqsad özaro tajriba almaşiş hisoblanadi», – deya Karimjon Musaşayxovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Tadbirda iştirok etgan Özbekiston Respublikasi boş prokurorining birinçi örinbosari Erkaboy Tadjiyev, YeHXT koordinatori Xans-Ulrix Im, AQŞning Özbekistondagi missiyasi rahbari Alan Meltser va boşqa bir qator xalqaro ekspertlar ham öz fikrlarini bildirib ötişdi.

Erkaboy Tadjiyev

Boş prokurorning birinçi örinbosari korrupsiyaga qarşi kuraşda ustuvor vazifalar sifatida 2019-2020 yillarda sudyalar mustaqilligini yanada mustahkamlaş, davlat xizmatlarida yangi tizim joriy etiş, körilayotgan çoralarning monitoringi uçun fuqarolik jamiyati va OAV iştirokini jalb etiş muhim ekanligini ta'kidladi.